AQŞ prezidentining Ukraina va Rossiya böyiça maxsus vakili Kit Kellog 20 fevral kuni Kiyevga taşrif buyuradi. Bu haqda 10 fevral, duşanba kuni AFP agentligi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning idorasidagi manbasiga tayanib xabar berdi. Reuters, şuningdek, taşrif oy oxirigaça amalga oşişini xabar qildi.
Safar dastlab 20 yanvar kuni AQŞ prezidenti Donald Trampning inauguratsiyasi oldidan rejalaştirilgan edi, biroq keyinga qoldirildi.
Uolts: AQŞ Ukraina xavfsizligi kafolatlarini Yevropaga yuklaydi
AQŞ prezidenti Donald Tramp ma’muriyatining yuqori martabali rasmiylari kelasi hafta yevropalik amaldorlar bilan uçraşib, Ukrainadagi keng kölamli uruşni tugatiş yöllarini muhokama qiladi. Bu haqda 9 fevral kuni AQŞ prezidentining milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi Mayk Uoltsga tayanib, Associated Press xabar berdi. Uoltsga köra, AQŞ davlat kotibi Marko Rubio, mudofaa vaziri Pit Xegset, vitse-prezident Jyey Di Vens hamda AQŞning Ukraina va Rossiya böyiça maxsus vakili Kit Kellog Yevropaga safar qiladi.
Şu kuni Mayk Uolts NBC telekanaliga bergan intervyusida aynan Yevropa Ukrainaga uruş tugaganidan keyin xavfsizlik kafolatlarini berişi kerakligini, AQŞ esa Kiyevga harbiy yordam uçun sarflagan xarajatlarini qoplaş niyatida ekanini aytdi. «Biz bu xarajatlarni qoplaşimiz kerak va bu ukrainaliklar bilan nodir metallar, tabiiy resurslar, neft-gaz va bizning resurslarimizni sotib oliş böyiça hamkorlik böladi», dedi Tramp maslahatçisi.
AQŞ prezidenti «uruşni tugatiş» va «barça tomonlarni», jumladan Xitoy, Hindiston va Yaqin Şarqni muzokaralarga jalb etiş niyatida, deya ta’kidladi Uolts. Şuningdek, u, agar Moskva muloqotdan boş torsa, Tramp Rossiyaga qarşi «soliqlar, tariflar, sanksiyalar» joriy etişdan qörqmasligini qöşimça qildi.








