«Özenergoinspeksiya»ga yoqilği-energetika resurslarini qazib oliş, işlab çiqariş, qayta işlaş, taşiş, saqlaş, yetkazib beriş (taqsimlaş, sotiş) va iste’mol qiliş faoliyati bilan şuğullanadigan xöjalik yurituvçi sub’yektlarda sutkaning istalgan vaqtida teşkiruv ötkaziş vakolati berildi.

Bu haqda «Energiya resurslaridan noqonuniy foydalaniş holatlariga qarşi kuraşiş sohasi takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasi prezidentining ayrim hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi prezident farmonida belgilab qöyilgan.

Farmonga köra, prezidentning ayrim hujjatlariga quyidagilarni nazarda tutuvçi özgartiriş va qöşimçalar kiritildi:

- yoqilği-energetika resurslarini behuda sarflaş hamda ulardan noqonuniy va samarasiz foydalaniş holatlarini aniqlaş;

- sifatsiz yoqilği mahsulotlari realizatsiyasiga çek qöyiş borasida davlat nazoratini amalga oşiriş mexanizmlarini soddalaştiriş.

Jumladan, prezidentning 2023 yil 24 maydagi farmoniga kiritilgan qöşimçaga köra:

- Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanişni nazorat qiliş inspeksiyasi (Özenergoinspeksiya) tomonidan yoqilği-energetika resurslarini qazib oliş, işlab çiqariş, qayta işlaş, taşiş, saqlaş, yetkazib beriş (taqsimlaş, sotiş) va iste’mol qiliş faoliyati bilan şuğullanadigan xöjalik yurituvçi sub’yektlarda ularning faoliyatini tartibga soluvçi qonunçilik hujjatlariga rioya etilişi böyiça ötkaziladigan nazorat tadbirlari doirasida sutkaning istalgan vaqtida ötkaziladigan tekşiruvlar 24 soat içida «Yagona davlat nazorati» axborot tizimida röyxatga oliş orqali vakolatli organni xabardor etiş tartibida amalga oşiriladi.