Prezidentning “Özbekiston – 2030 strategiyasini Atrof-muhitni asraş va yaşil iqtisodiyot yilida amalga oşirişga oid davlat dasturi töğrisida”gi farmoni qabul qilindi.
2025 yil 1 avgustdan boşlab pişgan ğişt işlab çiqarişdan muqobil texnologiyalardan keng foydalanişga ötiş maqsadida devorbop materiallardan (penoblok, gazoblok) keng foydalanuvçi quriliş taşkilotlariga “Şaffof quriliş” platformasida ustuvorlik beriladi.
2026 yil 1 yanvardan boşlab pişgan va xom ğişt işlab çiqarişda yer qa’ridan foydalanganlik uçun soliq stavkasi 2025 yil uçun belgilangan stavkaga nisbatan 2 baravarga oşirilgan holda qöllanadi hamda 2027 yildan bosqiçma-bosqiç qöşimça ravişda oşiriladi.
2027 yil 1 yanvardan boşlab qişloq xöjaligiga, tabiatni muhofaza qiliş, soğlomlaştiriş va rekreatsiya maqsadlariga möljallangan yerlar, tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar, örmon va suv fondi yerlarida tuproq karerlari faoliyati taqiqlanadi.
Köp qavatli turar joylarni loyihalaş, quriş va foydalanişga qabul qilişda oqova, yomğir va texnik suvlardan suğorişda foydalaniş tizimlarini taşkil etiş majburiy etib belgilanadi.







