Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari 2025 yilning fevral oyida Toşkent şahridagi yirik supermarketlarda 21 nomdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxining özgarişini körib çiqdi.

Monitoring natijalari 6 nomdagi mahsulot böyiça minimal narxlar ötgan oydagiga nisbatan pasayganligini körsatdi.

Şunday qilib, kartoşkaning minimal narxi 26,1 foiz, qizil sabziniki 11,3 foiz, lavlaginiki 8,2 foiz, tuxumniki 7,8 foiz, sutniki 0,9 foiz, şakarniki 0,4 foiz pasaygan. Ötgan oyda kartoşka narxi oşganidan keyin Pokistondan kartoşka import qilindi va bu uning narxi pasayişiga olib keldi.

8 nomdagi mahsulot böyiça minimal narxlar oşgan. Ayniqsa, oqboş karam narxida eng katta ösiş qayd etildi. Bu mavsumiy omil bilan boğliq.

Bodring narxi ham sezilarli darajada oşgan, ammo ötgan yilning şu davridagiga nisbatan 30,0 foiz arzon.

7 nomdagi mahsulotning eng past narxlari özgarişsiz qolgan. Bular — buğdoy uni, guruç, greçka, makaron, olma, banan, tovuq göşti (file).

Tahlil 2025 yil 9 yanvar va 6 fevral kunlari ötkazilgan monitoring ma’lumotlari asosida amalga oşirildi.