AQŞ prezidenti Donald Tramp 11 fevral, seşanba kuni Hamas harakatidan barça isroillik garovga olinganlarni şanba kuni tuşgaça ozod qilişni talab qildi. «Agar şanba kuni soat 12:00 ga qadar barça garovga olinganlar qaytarilmasa, men (öt oçişni töxtatiş töğrisidagi kelişuvni) bekor qiliş vaqti keldi, deb hisoblayman va bu jahannamni keltirib çiqaradi», — dedi Tramp.

Bir kun avval Hamas vakillari Isroil sulh şartlariga rioya qilmagani sababli 15 fevralga belgilangan garovga olinganlarni Isroilga topşirişni keyinga qoldiriş niyatida ekanliklarini ma’lum qilgan edi. Isroil tomonidan taxmin qilingan qonunbuzarliklar röyxatiga quyidagilar kiradi: falastinliklarning Ğazo sektori şimoliga qaytişiga yöl qöymaslik, çodirlar, yoqilği, dori-darmon va vayronalarni tozalaş uçun jihozlarning kirişiga tösqinlik qiliş.

Isroil mudofaa vaziri Israel Kats Hamasning qarorini tomonlar erişgan öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuvni «töliq buziş» deb atadi va Ğazo sektoridagi TSAHAL kuçlarini töliq jangovar şay holatga keltirdi.

TSAHAL Ğazo sektori hududida jangovar şay holatga keltirildi

Hamas harakatining isroillik garovga olinganlarni topşirişni töxtatiş haqidagi bayonoti ortidan Isroil mudofaa kuçlari (TSAHAL) töliq jangovar şay holatga keltirildi. Bu haqda 10 fevral kuni mamlakat mudofaa vaziri Israel Kats ma’lum qildi va Hamasning qarorini tomonlar ilgari erişgan öt oçişni töxtatiş kelişuvini «butunlay buziş» deb atadi.

Ğazo sektori hududi mudofaa uçun qöşimça kuçlar bilan mustahkamlangan, askarlar va qömondonlik bölinmalarining ta’tillari keçiktirildi va kuçlar turli ssenariylarga tayyorgarlik körilmoqda, dedi TSAHAL matbuot kotibi.

Avvalroq Hamas rasmiylari 15 fevralga rejalangan garovga olinganlarni Isroilga topşirişni sulhga rioya qilinmagani sababli keyinga qoldirişini ma’lum qilgan edi. Isroil tomonidan taxmin qilingan qonunbuzarliklar röyxatiga quyidagilar kiradi: falastinliklarning Ğazo sektori şimoliga qaytişiga yöl qöymaslik, çodirlar, yoqilği, dori-darmon va vayronalarni tozalaş uçun jihozlarning kirişiga tösqinlik qiliş.