Özbekiston delegatsiyasi 26 yillik tanaffusdan keyin qişki Osiyo öyinlarining oltin medaliga sazovor böldi. Bu haqda Milliy olimpiya qömitasi xabar berdi.

Qayd qilinişiça, Xitoyning Harbin şahrida ötayotgan musobaqada figurali uçiş böyiça terma jamoa a’zolari Dmitriy Çigirev hamda Yekaterina Geyniş juftligi 176,43 ball jamğarib, eng yaxşi natijaga erişdi va qişki Osiyo öyinlari çempioni böldi.

Ikkinçi örinni KXDR vakillari Ryom Te Ok va Xan Kum Çol qölga kiritdi. Yaponiyalik Yuna Nagaoka va Sumitada Moriguçi uçinçi böldi.

Bu Özbekiston sportçilarining uşbu Osiyo öyinlaridagi birinçi medali böldi. Umumjamoa hisobida Xitoy 31 oltin, 26 kumuş va 22 bronza bilan peşqadamlik qilmoqda. Özbekistonliklar (1-0-0) Janubiy Koreya (12-13-12), Yaponiya (7-7-13) va Qozoğistondan (3-7-5) keyin beşinçi örinda bormoqda.

Harbin-2025 öyinlari 14 fevralda yakunlanadi.

Özbekiston sportçilari ilgari oltin medalni 1999 yilda Janubiy Koreyaning Kangvon şahrida ötgan Osiyo öyinlarida qölga kiritgan. Figurali uçişda Tatyana Malinina yakkalik bahslarida birinçi bölgan edi.