Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqealar va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomamizda taniştiramiz.

HAMASdan Tramp tahdidlariga raddiya

HAMAS AQŞ prezidenti Donald Trampning «çinakam dözax» yaratiş tahdidini qabul qilmasligini ma’lum qildi. Tramp Ğazodagi qolgan isroillik asirlar 17 fevralga qadar ozod etilmasa, Ğazoga hujumlar davom etişi ultimatumini qöygan edi.

HAMAS vakili Sami Abu Zuhriy şunday dedi: «Tramp şunga e’tibor berişi kerakki, orada sulh bitimi bor va unga ikki tomon ham rioya qilişi şart. Bu – asirlarni qaytarişning yagona yöli».

Avvalroq HAMAS Isroilni sulh şartlarini buzişda ayblab, uç nafar isroillik asirni ozod etişni keçiktirişini ma’lum qilgan edi. Uning ta’kidlaşiça, Isroil Ğazodagi muhojirlarga yordamga möljallangan vaqtinça uylar va humanitar yordam kiritilişiga tösqinlik qilmoqda.

Sulhning ikkinçi bosqiçi — barça qolgan asirlarni ozod qiliş va öt oçişni töliq töxtatişni nazarda tutadi. Agar mart oyiga qadar bu borada kelişuvga erişilmasa, uruş yana davom etişi mumkin.

Husiyçilar sulh buzilsa Isroilga hujum qilmoqçi

Yamandagi husiyçilar harakati Isroil va unga boğliq kemalarga hujumlarni qayta boşlaşini ma’lum qildi. Harakat yetakçisi Abdulmalik al-Husiy televideniye orqali çiqiş qilib, agar Binyamin Netanyahu hukumati Ğazodagi sulhni buzsa, hujumlar qayta boşlanişini aytdi.

Husiyçilar 2023 yil noyabridan boşlab Qizil dengiz va Adan körfazida 100 dan ortiq hujumlar uyuştirgan. Bu hujumlar asosan Isroil bilan boğliq kemalar va Bob-ul-Mandab qöltiği — Yevropani Osiyo bilan boğlovçi strategik yölakka qaratilgan edi.

Yanvar oyida husiyçilar Ğazodagi sulh va asirlarni almaşiş jarayoni munosabati bilan hujumlarni vaqtinça töxtatgan. Biroq agar Netanyahu hukumati sulhni buzsa, husiyçilar hujumlarni yana boşlaşini ma’lum qildi.

Turkiyaning xalqaro obröyi ortib bormoqda

Myunxen xavfsizlik hisobotida Turkiyaga nisbatan ijobiy munosabat kuçayib, AQŞ va Isroilga bölgan işonç pasaygani qayd etildi.