Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy The Guardian naşriga bergan intervyusida Rossiya bilan uruşning dastlabki kunlarida öziga uyuştirilgan bir neça suiqasd holati haqida aytib berdi. Uning sözlariga köra, hujumlardan biri vaqtida uning ofisi xodimlaridan bir neça kişi halok bölgan.

Köpçilik davlat yetakçilari menga qönğiroq qilib, ketiş kerakligini aytişdi. Bularning bari bölgan. Bu kimdir qönğiroq qilib, «ket» deyişi, men «yöq» deganim emas. Turli tomondan bosim bölgandi. [Meni] öldirişni istaganlar bor edi, öq ovozlari va şunga öxşaş narsalar bor edi. Ofisimiz içkarisida ham bir neça kişi halok bölgandi, [meni] himoya qilganlar bor edi. Desant tuşirilişi va boşqa şunga öxşaş işlar bölgandi.

Ukraina prezidenti fikriça, Rossiya şu tariqa unga jismoniy bosim ötkazgan, şu bilan bir vaqtda öt oçişni töxtatiş böyiça ultimatumlar qöyib, öz şartlarini qabul qilişni talab qilgan.

Zelenskiyning ofisidagilar keng kölamli uruş boşidayoq prezidentga öndan ortiq suiqasd uyuştirilgani haqida xabar bergandi. Uning özi 2023 yilda öldirişga bölgan doimiy urinişlarni «suğur kuni» bilan taqqoslagandi.

Zelenskiyning hayotiga sönggi suiqasd haqida 2024 yil mayida xabar berilgandi. Öşanda Ukrainada ikki polkovnik Rossiya xavfsizlik xizmati (FXX) bilan hamkorlikda gumon qilinib, hibsga olingandi. Ukraina razvedka xizmatlariga köra, ular Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy, şuningdek, Boş razvedka boşqarmasi boşliği Kirill Budanov va Ukraina Xavfsizlik xizmati rahbari Vasil Malyukni öldirişga tayyorgarlik körgan.