Germaniya federal sud palatasi (BGH) harbiy xizmatdan vijdonan voz keçiş jinoyat işida ekstraditsiya qiliş uçun mutlaq tösiq bölolmaydi, degan qarorga keldi. Tegişli qaror 12 fevral, çorşanba kuni Ukraina fuqarosini öz vataniga ekstraditsiya qiliş işida qabul qilindi.

Sud tuşuntirganidek, bu ekstraditsiya qilinişi kerak bölgan mamlakat xalqaro huquqni buzgan holda qurolli hujumga uçragan holatlarga taalluqlidir, şuning uçun bunday sabablarga köra harbiy xizmatni ötaşdan boş tortiş huquqi kafolatlanmaydi.

Vatanida qidiruvda bölgan ukrainalik vijdoni unga qöliga qurol olişga yöl qöymayotganini aytgan

Qaror Ukraina fuqarosiga tegişli bölib, ukrainalik tergovçilar uni huquq-tartibot organi xodimini haqorat qiliş, tahdid qiliş va jismoniy tajovuzda ayblamoqda. Ukraina tomoni jinoyatçilarni ekstraditsiya qiliş töğrisidagi Yevropa konvensiyasiga muvofiq uning ekstraditsiya qilinişini talab etmoqda, deb yozadi dpa agentligi.

Federal sud palatasiga köra, sudlanuvçi Ukrainada beş yilgaça qamoq jazosiga hukm qilinişi mumkin. Biroq, u öz vatanida harbiy xizmatga çaqirilişidan va katta ehtimol bilan jang qilişdan qörqyapti. Uning aytişiça, xizmat paytida qöliga qurol olib, kimnidir öldirişi mumkin, degan fikr uning vijdoniga zid keladi.

Ta’kidlanganidek, ukrainalikning işi dastlab Drezden Oliy yer sudi tomonidan körib çiqilgan. Biroq u yerdagi sudyalar ta’qibga uçragan şaxsning ekstraditsiya qilinişi Germaniya huquq tizimining asosiy tamoyillariga zid kelmasligiga işonç hosil qilişmagan, şuning uçun iş oliy sud organiga yuborilgan.