Buxoro viloyatining Ğijduvon tumanida xonadon portladi. Holat yuzasidan viloyat FVB rasmiy ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinişiça, hodisa 2025 yil 12 fevral kuni Ğijduvon tumanining Guliston mahallasida sodir bölgan. Hodisa joyiga viloyat FVB va Ğijduvon tuman IIB mas’ul rahbarlari hamda 2 ta yonğin-qutqaruv ekipaji yetib borgan.

 Dastlabki taxminlarga köra, uyda gaz sizib çiqib töplangan hamda xonadon egalari çiroqni yoqişi oqibatida havo gaz aralaşmasi çaqnaşi sodir bölgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda portlaş aks etgan videolavha tarqaldi. Unda portlaşdan söng xonadon egalaridan biri yonayotgan holda köçaga yugurib çiqqanini köriş mumkin.

Portlaş oqibatida yonğin yuzaga kelmagan, jabrlanganlar va halok bölganlar yöqligi ma’lum qilindi.