Yiğilişda ommaviy sportni rivojlantiriş va soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş masalalari muhokama qilindi.
Ötgan yili ommaviy sport musobaqalarida yoşlar qamrovi 10 millionga yetdi. Lekin yoşlarni bolalikdanoq sportga jalb qilişga barça tumanlarda birdek e’tibor qaratilmayapti.
Misol uçun, “Beş taşabbus olimpiadasi”ning ötgan yilgi mavsumida tuman bosqiçida ğolib bölgan 150 ming yoşlarning atigi 15 foizi sport maktablariga tanlab olingan.
Endilikda har haftada mahallalarda ommaviy jismoniy faollik tadbirlari ötkazib boriladi. Ularga nogironligi bölgan şaxslar keng jalb etiladi.
Mahallalar kesimida “Aholining jismoniy faolligi reytingi” yuritiladi.
Yil yakuni bilan eng faol oilalarga trenajyorlar beriladi, eng yaxşi mahallalarda sport maydonçalari qurilib, jihozlanadi.








