Özbekiston Markaziy banki 14 fevraldan xorijiy valutalarning özbek sömiga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Unga köra, dollarning rasmiy kursi 14,88 sömga kötarilib, 13 003,95 sömni taşkil qildi.

Bankers.uz qayd etişiça, 2025 yil boşidan beri söm dollarga nisbatan 99,04 sömga yoki 0,77 foizga qadrsizlangan.

Payşanba kuni qator tijorat banklari dollarni 13 000 sömdan qimmatroqqa sota boşlagan. Oriyent Finans bank, Özsanoatqurilişbank, Asia Alliance Bank şular jumlasidandir.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025–2027 yillarga möljallangan Budjetnomada 2025 yilda dollarning yillik örtaça kursi 13 250 söm bölişini prognoz qilgan edi. Ma’lumotlarga köra, milliy valuta kursining 100 sömga qadrsizlanişi davlat budjeti xarajatlarini 240 mlrd sömga oşirişi mumkin.

Markaziy bank sobiq raisi Mamarizo Nurmuratov sömning 1 foizga qadrsizlanişi inflatsiyaning 0,3 foiz punktga oşişiga olib kelişini ta’kidlagandi.

2024 yil boşidan buyon AQŞ dollarining sömga nisbatan kursi qariyb 562,23 sömga (yoki 4,56 foizga) oşgan.

Taqqoslaş uçun, 2023 yilda milliy valuta dollarga nisbatan 1113,31 sömga (yoki 10,99 foizga) qadrsizlangandi.