Ukrainaga qarşi uruş olib borayotgan Rossiyaning harbiy xarajatlari hozirda barça Yevropa Ittifoqi davlatlari va Buyuk Britaniyaning mudofaa xarajatlaridan oşib ketgan. Bu 12 fevral, çorşanba kuni Financial Times naşri tomonidan e’lon qilingan Britaniya xalqaro strategik tadqiqotlar instituti (IISS) tomonidan ötkazilgan «Harbiy muvozanat» (Military Balance), tadqiqotining xulosalari.
Hujjatda, xususan, agar AQŞ Ukraina va Yevropa mudofaasini qöllab-quvvatlaşni kamaytirsa, Yevropa duç keladigan xavfsizlik muammolari tahlil qilinadi.
Rossiya, YeI mamlakatlari va Britaniyaning mudofaa xarajatlari
Tadqiqotda aytilişiça, 2024 yilda Rossiyaning umumiy mudofaa xarajatlari 42 foizga oşib, 13,1 trillion rublni taşkil etdi, bu xarid qobiliyati pariteti böyiça 462 milliard dollarga teng. IISS prognoziga köra, 2025 yilda Rossiya harbiy xarajatlari 13,7 foizga ösib, 15,6 trillion rubl (550 milliard dollar)ni taşkil etadi. Bu Rossiya yalpi içki mahsulotining 7,5 foiziga yoki barça federal xarajatlarning deyarli 40 foiziga töğri keladi, deb yozadi FT.
Taqqoslaş uçun, Yevropaning mudofaa budjetlari, jumladan, Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar xarajatlari ötgan yili deyarli 12 foizga oşib, 457 milliard dollarni taşkil qildi. Xususan, Germaniyaning mudofaa budjeti 23 foizga oşib, 86 milliard dollar (83 milliard yevro)ga yetdi. Şunday qilib, u 30 yil içida birinçi marta Britaniyanikidan yuqori böldi, ya’ni 81 milliard dollar (78 milliard yevro), deya ta’kidlaydi naşr. Ta’kidlanişiça, bu statistik ma’lumotlar Bundesverni modernizatsiya qiliş uçun maxsus fonddan bir martalik investitsiyalar bilan izohlanadi.
An’anaviy ravişda mutlaq körsatkiçlar böyiça Yevropada ikkinçi örinda turuvçi Fransiyaning mudofaa budjeti 2024 yilda 4,5 foizga oşib, 64 milliard dollar (62 milliard yevro)ga yetdi. Bu mamlakat yalpi içki mahsulotining 2 foiziga töğri keladi.
Yevropada mudofaa xarajatlari eng köp bölgan davlatlar qatorida Rossiya bilan çegaradoş Estoniya bor, u ötgan yili yalpi içki mahsulotining deyarli 4 foizini mudofaaga sarflagan. Ikkinçi örinni 3,25 foiz bilan Polşa egalladi. Biroq, mutlaq hisobda bu mamlakatlarning mudofaa xarajatlari Yevropaning uçta yirik iqtisodiyotidan ança kam: mos ravişda 1,7 milliard dollar va 28 milliard dollar.








