Qöşma Ştatlar va Hindiston özaro savdo hajmini 2030 yilga borib 500 milliard dollarga (478 milliard yevro) yetkazmoqçi. Bu haqda Hindiston boş vaziri Narendra Modi 13 fevral, payşanba kuni Vaşingtonda AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan ötkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Hamkorlik, birinçi navbatda, sun’iy intellekt va yarimötkazgiçlarga, şuningdek, strategik foydali qazilmalar uçun kuçli ta’minot zanjirlarini yaratişga qaratiladi, deb xabar beradi Reuters.
Hindiston Amerika tovarlariga bojlarni kamaytirişga tayyor, deydi Tramp. Şuningdek, u mamlakatlar örtasidagi savdo kamomadini kamaytiriş uçun köproq Amerika neft va gazini import qiladi.
AQŞ Hindistonga qurol sotişni köpaytiradi
Vaşington bu yildan boşlab Hindistonga qurol sotişni köpaytirişni rejalaştirmoqda. «Hindistonga harbiy texnika sotiş hajmini köp milliard dollarga oşiramiz. Şuningdek, Hindistonga F-35 qiruvçi samolyotlarini sotişga tayyorlanyapmiz», deb va’da berdi Tramp. Biroq, u aniq sanalarni aytmadi. Bunday bitimlar odatda bir neça yil davom etadi, deb eslatadi Reuters.
Önlab yillar davomida Rossiya Hindistonga asosiy qurol yetkazib beruvçilardan biri bölib qoldi. Harbiy-texnik hamkorlik böyiça federal xizmat rahbari örinbosari Mixail Babiç 11 fevral kuni TASS axborot agentligiga Rossiya Hindiston tomoni bilan Rossiyaning beşinçi avlod Su-57 qiruvçi samolyotini birgalikda işlab çiqarişga tayyorligini ma’lum qildi.








