Yakşanba kuni Özbekistonning köpçilik hududlarida (Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatining şimoli-ğarbiy hududlaridan taşqari) yomğir va qor körinişidagi yoğingarçilik böladi, deya xabar bermoqda «Özgidromet» agentligi.
Juma kuni kunduzi Özbekiston hududining katta qismida yoğingarçiliksiz ob-havo bölişi kutilmoqda, faqat Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm viloyati va Navoiy viloyati şimolida biroz yoğingarçilik (yomğir, qor) bölişi mumkin. Surxondaryo, Toşkent, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomğir yoğişi mumkin.
Şanba kuni respublika böyiça yoğingarçilik kutilmaydi, faqat Qaşqadaryo, Surxondaryo va Samarqand viloyatlarida kunning ikkinçi yarmida ba’zi joylarda yomğir yoğadi.
14–15 fevral kunlari havo harorati +7…+10 darajagaça kötariladi. Yakşanba kuni kunduzgi harorat +3…+6 darajagaça pasayadi. Harorat asosan keçalari 0…+5 daraja böladi.
Şarqiy şamol yönalişini özgartirib, ğarbdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, 16 fevral, yakşanba kuni ayrim joylarda 13–18 metr/soniyagaça kuçayadi. Respublika böyiça ba’zi joylarga tuman tuşişi mumkin.
Toşkent şahrida juma kuni biroz yomğir yoğişi mumkin. 15 fevral kuni yoğingarçilik kutilmaydi. 16 fevralda vaqti-vaqti bilan yoğingarçilik (yomğir, qor) böladi.
Şarqiy şamol yönalişini özgartirib, ğarbdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi. Juma va şanba kunduzi harorat +7…+10 daraja böladi. Yakşanba kuni +3…+6 darajagaça pasayadi. Harorat asosan keçalari 0…+3 daraja böladi. Keçasi va ertalab tuman tuşişi mumkin.








