Davlat kotibi Marko Rubioni Myunxendagi xavfsizlik anjumaniga olib borişi kerak bölgan AQŞ harbiy-havo kuçlari samolyoti texnik nosozlik tufayli Merilend ştatidagi Endryus aviabazasiga qaytişga majbur böldi. Bu haqda 13 fevral, payşanba kuni AQŞ Davlat departamenti matbuot xizmati rahbari Temmi Bryus ma’lum qildi.
Rubio Germaniyaga, keyin esa Yaqin Şarqqa boşqa samolyotda uçadi, dedi u.
Uçuvçi kabinasida old oyna bilan boğliq muammolar
AP agentligi manbalaridan birining ta’kidlaşiça, uçuvçi kabinasidagi old oynadagi muammo tufayli samolyot taxminan 90 daqiqa parvozdan söng ortiga qaytişga majbur bölgan. Manba tafsilotlarni keltirmagan.
Parvoz Boeing 757'ning harbiy versiyasi bölgan C-32 tomonidan amalga oşirilgan. Rubio layner bortida AQŞ Senatining taşqi aloqalar qömitasi raisi Jim Riş bilan birga bölgan.








