Prezident Şavkat Mirziyoyev yoşlar bilan muloqot qildi. Yiğilişda mafkuraviy xavf-xatarlar allaqaçon kibermakonga köçib ötgani qayd etildi.

Şu munosabat bilan yoşlarimizda internetdan foydalaniş madaniyatini yanada yuksaltiriş, ular yolğon ma’lumotlar qurboniga aylanişi, dunyoqaraşi salbiy ğoyalar ta’sirida şakllanişining oldini oliş muhimligi körsatib ötildi.

Yoşlarning ma’naviy tarbiyasi va mafkuraviy immunitetini kuçaytiriş, ularni yot ğoyalardan asraş har bir odamning vazifasiga aylanişi şartligi ta’kidlandi.

Şu bois mutasaddilarga yoşlarning mafkuraviy xavfsizligini ta’minlaş, ularni dardiga malham bölib, muammosini hal qilib, turli ğoyaviy xurujlardan asraş, zararli axborotlardan himoya qiliş işlarini kuçaytiriş topşirildi.

Ilm-fan va ta’lim yönalişidagi foydali mahalliy internet resurslari reyestri şakllantirilib, ulardan bepul internet tarmoği orqali foydalaniş yölga qöyilişi aytildi.

Qayd qilinişiça, keksalar iştirokida «Ajdodlar merosiga munosib avlod» ğoyasi ostida yoşlarni birlaştiriş böyiça yangi tizim joriy etiladi. Şuningdek, yoşlarda vatanparvarlik hissini oşiriş maqsadida «Men buyuk el farzandiman» umummilliy harakatini yölga qöyiş böyiça yoşlarning taşabbusi qöllab-quvvatlandi.

Yoşlar ma’naviyatini yuksaltirişda badiiy adabiyotning roli juda katta ekani ta’kidlandi. Bundan qirq yil oldin ustoz şoir Erkin Vohidov taşkil etgan «Yoşlik» jurnali faoliyatini kuçaytirib, uni yana yoşlarimiz sevib öqiydigan jurnalga aylantiriş muhimligi ta’kidlandi.