Parij munitsipal hokimiyat organi şaharning 16-okrugidagi köçalarning birini rossiyalik siyosatçi Aleksey Navalniy nomi bilan ataş töğrisidagi qarorni tasdiqladi. Tegişli qaror uçun Parij kengaşining 163 nafar deputatining barçasi ovoz bergan.

«Parij ma’muriyati Aleksey Navalniyni Vladimir Putin diktaturasiga qarşi kuraşdagi roli uçun e’tirof etdi», — deyiladi Fransiya poytaxti meriyasining bayonotida.

Navalniy nomi Avenue de Pologne’ning toq raqamli qismiga berildi — endi u Avenue Alexeï Navalny deb ataladi. «Novaya gazeta»ning yozişiça, köça Rossiya elçixonasi binosidan 400 metr uzoqlikda joylaşgan.

Foto: Google Maps

Meriya Aleksey Navalniy köçasining oçiliş marosimi qaçon bölib ötişini hali bilmasliklarini aytgan. Taxminlarga köra, bu bir neça oydan keyin taşkil etiladi.

Parij 16-okrugi kengaşi 2024 yil mayda okrugdagi köçalardan biriga Navalniy nomini berişni ma’qullagan edi. Parij meriyasi «qaror ikki sababga asoslanganini ma’lum qilgandi: tarixiy jihatdan uşbu okrug rus diasporasi yaşaydigan hudud hisoblanadi va bu yerda Rossiya elçixonasi joylaşgan».

«1932 yilda qabul qilingan şahar qaroriga köra, jamoat joyiga nom berişdan oldin beş yillik kutiş muddati belgilangan bölsada, Parij kengaşi şaxsning yutuqlari yoki qöşgan hissasi ahamiyati sababli istisno qiliş huquqiga ega», — deyiladi xabarida.

Eslatib ötamiz, 2024 yil noyabrda Lissabonda rossiyalik muxolifatçi siyosatçi Aleksey Navalniy nomiga atab memorial örnatilgandi. Uçta tilda «Taslim bölmang» sözlari yozilgan yodgorlik Rossiyaning Portugaliyadagi elçixonasidan 100 metr uzoqlikdan joy olgan.