AQŞ Ukrainaga taklif qilgan foydali qazilmalar böyiça kelişuv qazib oliş jarayoni xavfsizligini ta’minlaş uçun qöşin yuboriş imkoniyatini ham öz içiga oladi. Bu haqda NBC News hukumatdagi törtta manbaga tayanib xabar berdi.
Telekanal suhbatdoşlari kelişuvning amerikaça variantida Qöşma Ştatlar Ukrainadagi noyob yer metallari zaxiralarining yarmini olişi közda tutilgani haqidagi ma’lumotni ham tasdiqladi.
AQŞ moliya vaziri Skott Bessent 12 fevral kuni Kiyevga taşrifi çoğida kelişuv loyihasini Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyga topşirgan.
14 fevral kuni Zelenskiy kelişuvni imzolaşdan «muloyimlik bilan boş tortganini» xabar qildi. Reuters manbasiga köra, Ukraina kelişuvning öz versiyasini tayyorlab, Amerika tomoniga taqdim etgan.
AQŞ prezidenti Donald Tramp Amerikaning Kiyevga körsatgan yordami evaziga Ukrainadan 500 milliard dollarlik noyob tuproq metallarini olmoqçi ekanini bir neça bor aytgan edi. Şu bilan birga, Tramp Rossiya va Ukraina örtasida tinçlik bitimi muvaffaqiyatli tuzilişi mumkinligidan qat’i nazar, Qöşma Ştatlar Ukrainaning tabiiy resurslariga kiriş huquqiga ega bölişi kerakligini ta’kidladi. Zelenskiy, öz navbatida, Ukraina körsatilgan yordam evaziga Ğarb hamkorlari bilan birgalikda foydali qazilmalarni qazib olişga qarşi emasligini aytdi.
14 fevral kuni WSJ AQŞ vitse-prezidenti Jyeyms Vens intervyusini e’lon qildi. Unda Vens agar Rossiya prezidenti Vladimir Putin tinçlik şartnomasiga rozi bölmasa, Ukrainaga Amerika qöşinlarini yuborişni istisno etmadi. Biroq, intervyu e’lon qilinganidan söng, Vens öz sözlari buzib talqin etilganini aytdi. «Amerika kuçlariga heç qaçon Amerika manfaatlari va xavfsizligini ta’minlamaydigan joyda zarar yetkazilmasligi kerak. Bu uruş Rossiya va Ukraina örtasida», dedi u.












