Buxoro viloyatining Ğijduvon tumanida xonadon portladi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.

Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasining Kun.uz’ga bildirişiça, hodisa joriy yil 5 fevral kuni tumanning Armeçan mahallasida sodir bölgan. Suriştiruv harakatlari davomida aniqlanişiça, uyda örnatilgan isitiş peçidan gaz sizib çiqqan va xonaga töplangan. Xonadon egalari tomonidan çiroq yoqilgan paytida havo-gaz aralaşmasi çaqnaşi sodir bölgan.

Çaqnaş oqibatida II guruh nogironi bölgan I.T. tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.

Portlaş oqibatida yonğin yuzaga kelmagan va yonğin qutqaruv ekipajlari jalb etilmagan. Hodisa joyiga viloyat FVB va tuman IIB mas’ullari çiqqan.

Tuman hokimi baxtsiz hodisaning sababini örganiş va oqibatlarini bartaraf etiş haqida farmoyiş çiqardi. Hujjat bilan gazdan turmuşda foydalanişda sodir böladigan baxtsiz hodisalarni tekşiriş böyiça tuman komissiyasi tarkibi hamda sodir bölişi mumkin bölgan favqulodda vaziyatlarni bartaraf qiliş yuzasidan çora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan.

2025 yil 12 fevral kuni ham Ğijduvon tumanining Guliston mahallasida gaz töplanib qolişi oqibatida uy portlagandi.