ÇatGPT'ni işlab çiqqan OpenAI kompaniyasi 14 fevral, juma kuni uni 97,4 milliard dollarga (92,8 milliard yevro) sotib oliş uçun korporatsiya direktorlar kengaşiga murojaat kiritgan Ilon Maskning taklifini rad etdi. OpenAI boş direktori Sem Altman bu ma’lumotni tasdiqladi.
«OpenAI sotilmaydi va kengaş Maskning raqobatçilarni öz nazoratiga olişga bölgan sönggi urinişini bir ovozdan rad etdi. OpenAI'ning har qanday potensial qayta taşkil etilişi bizning notijorat taşkilotimizni va uning AGI'ning butun insoniyatga foyda keltirişini ta’minlaş missiyasini kuçaytiradi», — deya OpenAI boşqaruv kengaşi raisi Bret Teylorning sözlaridan iqtibos keltirdi.
OpenAI foyda olişga e’tibor qaratmoqçi
OpenAI öz tuzilmasini özgartiriş va foyda olişga yönaltirilgan kompaniyaga aylaniş jarayonida, deya xabar beradi dpa.
Milliarderning advokatlari 12 fevral kuni sud arizasida Mask boşçiligidagi, uning sun’iy intellekt startapi xAI'ni öz içiga olgan konsorsium tijoriy tuzilmaga aylaniş rejalaridan voz keçsa, OpenAI'ni sotib oliş taklifini qaytarib olişini bildirdi.
Altman va Mask örtasidagi nizo köp yillardan beri davom etib kelmoqda, deb yozadi The Guardian.
Avvalroq, 12 fevral kuni The Wall Street Journal naşri Ilon Maskning X platformasi 2021 yil 6 yanvarda tarafdorlari Kapitoliyga bostirib kirişi ortidan ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlari bloklanganidan söng siyosatçi da’vosini hal qiliş uçun AQŞ prezidenti Donald Trampga 10 million dollar tölaşi haqida xabar bergan edi.








