Ötgan yili sud ijroçilari Rossiyadan rekord miqdordagi – deyarli 90 ming nafar xorijliklarni majburan çiqarib yubordi, bu haqda Rossiya Federal sud ijroçilari xizmati (FSSP) direktori – Rossiya boş sud ijroçisi Dmitriy Aristov ma’lum qildi.
«2024 yilda Rossiyadan 66 ta xorijiy davlatga 87 mingdan ortiq çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslar çiqarib yuborildi, bu 2023 yilga nisbatan qariyb ikki baravar köpdir (şunda 60 ta davlatga 44 ming xorijlik çiqarib yuborilgan)», dedi FSSP rahbari.
Çet elliklarning aksariyati, birinçi navbatda, MDH davlatlari: Ozarboyjon, Belarus, Qirğiziston, Moldova, Tojikiston, Turkmaniston, Özbekistonga majburan deportatsiya qilingan. Bundan taşqari, sud ijroçilari Kuba, Vetnam, Sudan, Xitoy, Misr va boşqa mamlakatlarga deportatsiya qilgan.
Avvalroq sud ijroçilari ötgan yili Moskvadan 18 ming, Sankt-Peterburgdan 8 ming, Moskva viloyatidan 5,2 ming va Krasnodar ölkasidan 2,2 ming xorijlikni deportatsiya qilgani xabar berilgandi.








