Prezident Şavkat Mirziyoyev Kuvayt amiri Şayx Miş’al As-Saboh taklifiga binoan 17-18 fevral kunlari rasmiy taşrif bilan uşbu mamlakatda böladi.

Taşrif dasturiga muvofiq, Al-Kuvayt şahrida oliy darajada ikki tomonlama muzokaralar hamda uşbu mamlakat hukumati a’zolari, yetakçi kompaniyalari va bank-moliya tuzilmalari rahbarlari bilan uçraşuvlar bölib ötadi.

Bölajak sammit kun tartibidan Özbekiston-Kuvayt döstlik va köp qirrali şeriklik munosabatlarini yanada rivojlantiriş va mustahkamlaş, savdo, innovatsiyalar, investitsiya va moliya, «yaşil» energetika, sanoat kooperatsiyasi, qişloq xöjaligi, transport va logistika, infratuzilma, şaharsozlik, soğliqni saqlaş va boşqa ustuvor yönalişlarda hamkorlikni kengaytiriş masalalari örin olişi közda tutilgan.

Madaniy-gumanitar va turizm almaşinuvini kengaytiriş masalalari ham diqqat markazida böladi. Bundan taşqari, Özbekiston va Kuvayt yetakçilari xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb jihatlarini körib çiqadi.

Muzokaralar yakunida qator qöşma hujjatlar va bitimlar qabul qilinişi kutilmoqda.