Ta’lim nafaqat muvaffaqiyatli karera qurişga va köproq daromad olişga yordam beradi, balki soğlom hayot keçiriş kaliti ham hisoblanadi, deb ta’kidladi tadqiqot rahbari Samelin Grimsgor.

“Tromseundersokelsen” nomli keng kölamli tadqiqot 1974 yilda boşlangan: 50 yildirki, minglab norvegiyaliklar uşbu tajriba doirasida muntazam ravişda tibbiy körikdan ötib kelmoqda, tahlillar topşirib, olimlarga öz soğliği va turmuş tarzi haqidagi ma’lumotlarni bermoqda. 2007 va 2016 yillarda olingan sönggi natijalar tahlili körsatişiça, quyi ma’lumotli odamlarning soğliği oliy ma’lumotli iştirokçilarga nisbatan tezroq yomonlaşadi.

Boy va kambağal iştirokçilarning umr köriş davomiyligi ham bir-biridan farq qiladi. Masalan, tadqiqotlarda 40 yoşdagi badavlat erkaklar kambağal tengdoşlariga qaraganda deyarli 14 yil köproq umr körişi aniqlandi. Ayollarda bu farq kiçikroq, ammo baribir sezilarli bölib, taxminan 8,4 yilni taşkil etadi.

8 000 dan ortiq iştirokçilarning qon tahlillari va boşqa tibbiy körsatkiçlari yoş ötişi bilan soğliq muqarrar ravişda yomonlaşişini, ammo ma’lumoti kam odamlarda bu jarayon yanada tezlaşişini tasdiqladi. Bunga sabablar qatorida olimlar jismoniy faollik kamligi, notöğri ovqatlaniş va zararli odatlarni keltirdi. Ma’lum bölişiça, faqat boşlanğiç maktab ta’limini olgan odamlar köpinça kam harakatli turmuş tarzini olib boradi, ularning köpçiligida ortiqça vazn va çekişga qaramlik kuzatiladi.

Şuningdek, iş va moliyaviy holat bilan boğliq stress ham salomatlik holatiga ta’sir qiladi. Yetarliça ma’lumotga ega bölmagan odamlar köpinça iqtisodiy qiyinçiliklarga duç keladi, ularning muvaffaqiyatli karera quriş istiqbollari kamroq, köpinça soğliq uçun zararli şaroitlarda işlaşga majbur böladi.

“Tromsoundersokelsen” — Norvegiyadagi eng yirik va dunyodagi eng maşhur uzoq muddatli tibbiy tadqiqotlaridan biri. Ötgan 50 yil davomida unda 45 mingdan ortiq odam iştirok etdi. Tadqiqot keng kölamli soğliqni saqlaş masalalarini öz içiga oladi. Bular jumlasiga yurak, öpka kasalliklari, saraton va qandli diabet paydo bölişi va ularning oldini oliş, jismoniy faollik va ovqatlaniş, qariş va demensiya, ruhiy salomatlik kabi mavzular kiradi.

2025 yilda uşbu tibbiy tajribaning navbatdagi bosqiçi ötkaziladi, unda 40 yoşdan oşgan 37 ming aholi iştirok etişi mumkin.