Ta’kidlanişiça, uy-joyga investitsiya qiliş – faqat köçmas mulkka egalik qiliş emas, balki uzoq muddatli moliyaviy barqarorlik va daromad olişning işonçli manbalaridan bölib kelgan. 

Uşbu investitsiyaning asosiy mohiyati mulkning 2 xil daromad manbai orqali foyda keltirişida namoyon böladi: 

  • ijaraga berişdan olinadigan daromad; 
  • vaqt ötişi bilan mulk qiymatining özgarişi orqali keladigan kapital foyda (zarar). 

Uşbu ikki manba birgalikda nafaqat daromad keltiradi, balki investorga bozordagi özgarişlarga moslaşiş imkonini ham beradi.

Toşkent şahrida uy-joyga investitsiyalarning daromadliligi tuşib bormoqda

2025 yilning yanvar oyida poytaxtda köp qavatli uy-joylarga investitsiyalarning daromadliligi 2024 yilning fevral oyidagi örtaça 32,4 foizdan 7,6 foizgaça sekinlaşdi.

Mazkur davrda köp qavatli uy-joyga investitsiyalarning daromadliligi joylaşgan hududi va xonalari soniga köra bir-biridan sezilarli darajada farqlanadi:

  • 1 xonali: Mirobod – -1,7 foiz (2024 yil fevral – 53 foiz), Bektemir – 54,3 foiz (46,8 foiz);
  • 2 xonali: Uçtepa – 2,6 foiz (27 foiz), Yakkasaroy – 15,1 foiz (24,2 foiz);
  • 3 xonali: Bektemir – -5,5 foiz (33,7 foiz), Yakkasaroy – 10,4 foiz (22,8 foiz);
  • 4 xonali: Bektemir – -7,3 foiz (37,9 foiz), Çilonzor – 16,5 foiz (19,8 foiz).

2024 yil fevral oyida uy-joy va ijara narxlarining nisbatan kötarilişi (tuşişi) hisobiga olinişi mumkin bölgan foyda Yakkasaroy, Bektemir va Çilonzor tumanlarida mos ravişda örtaça 16,1 foizni, 26,9 foizni va 15,4 foizni taşkil etgan bölsa, 2025 yil yanvar oyida uşbu körsatkiçlar 3 foiz, 2,8 foiz va 0,3 foizgaça pasaydi. 

Toşkent şahrida uy-joylar narxining ösişdan deyarli töxtaşi va biroz arzonlaşişi natijasida yanvar oyida uy-joylar narxi özgarişidan olinadigan örtaça daromad Şayxontohur (35,8 foizdan -0,8 foizga) va Yunusobod (30,4 foizdan -3,4 foizga) tumanlarida sezilarli darajada pasaygani kuzatildi.

2025 yilning yanvar oyida uy-joylar ijarasidan olinadigan yillik örtaça daromad Mirobod tumanida 10 foizni (2024 yil fevral oyida – 10,4 foiz), Mirzo Uluğbek tumanida 9,9 foizni (10,6 foiz), Şayxontohur tumanida 9,8 foizni (11,6 foiz) taşkil etdi. Uşbu körsatkiç ijara narxlari nisbatan arzonroq bölgan tumanlar – Olmazorda 8,9 foizni (9,4 foiz), Uçtepada 8,9 foizni (8,6 foiz) va Sergelida 8,9 foizni (8,4 foiz) taşkil qildi.