Samarqand, Namangan va Andijon viloyatlarida energiya resurslaridan noqonuniy foydalaniş holatlari foş etilgan. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.

Ma’lum qilinişiça, departamentning Toyloq tumani bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda “N.B.” MÇJga qaraşli klinika rahbari, muqaddam sudlangan S.X. tijorat maqsadida umumiy foydalanişdagi gaz tarmoğiga özboşimçalik bilan ulanib, 194,1 mln sömlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Şu kabi, Departamentning Namangan şahri bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşirişda fuqaro T.A. “Damboğ” MFY hududidagi novvoyxonasida tijorat maqsadida umumiy foydalanişdagi tabiiy gaz tarmoğiga özboşimçalik bilan ulanib, 176,7 mln sömlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Departamentning Xöjaobod tumani bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda fuqaro N.Ya. “Mustaqillik” MFY hududidagi xonadonida tijorat maqsadida umumiy foydalanişdagi gaz tarmoğiga özboşimçalik bilan ulanib, jami 100,8 mln sömlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Qayd etilişiça, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (öğrilik) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.