Ukraina qurolli kuçlarida katta islohot: armiya korpuslari uruş borişini özgartira oladimi?
|23:05 / 16.02.20259 78020 min
Ukraina armiyasida yillar davomida muhokama qilib kelingan jarayon amalga oşmoqda: qurolli kuçlarda yangi yirik tuzilmalar - armiya korpuslari taşkil etilmoqda. Bu özgarişlar himoya va hujum operatsiyalari çoğida brigadalar va boşqa qismlar örtasidagi muvofiqlaştirişni yaxşilaşni közlagan.
Foto: Ukraina 1-tank brigadasiFoto: Ukraina 1-tank brigadasi
Sönggi oylarda bir qança tahlilçilar va komandirlar frontdagi qismlar örtasidagi muvofiqlaştiriş yetişmayotgani haqida şikoyat qilib, bu mudofaa çiziğini yorib ötişda muvaffaqiyatsizliklarga olib kelayotganini ta’kidlaşgan. Korpuslar joriy etilişi bu muammolarni hal etişga yordam berişi mumkin.
3 fevral kuni prezident Volodimir Zelenskiy va Ukraina qurolli kuçlari boş qömondoni Oleksandr Sirskiy uşbu strategik islohot haqida rasman e’lon qildi.
Bu özgarişlar mohiyatini tuşuniş uçun harbiy fanga biroz çuqurroq nazar taşlaş, şuningdek, harbiy tarixni esga oliş lozim. Napoleon armiyasi tajribasi, şuningdek, Ukraina qurolli kuçlarida yaqin ötmişda bölgan armiya korpuslari tuzilmasini örganiş bu borada ahamiyatli böladi.
Bundan taşqari, şunday harbiy birlaşmalar Rossiya tomonidan Ukrainaga qarşi uzoq vaqtdan buyon faol ravişda qöllab kelinmoqda.
Hozirgi şaroitda armiya korpuslari qanday ahamiyat kasb etadi va Rossiya-Ukraina uruşida ular qanday rol öynaşi mumkin? BBC bu borada tahliliy maqola e’lon qildi.
Armiya korpusi özi nima?
Harbiy nazariyaga köra, armiya korpusi bir neçta diviziya (hozir Ukraina qurolli kuçlarida ular yöq) yoki brigadalardan iborat doimiy tuzilma hisoblanadi. Şuningdek, korpus tarkibiga razvedka, artilleriya, havo hujumidan himoya, injyenerlik bölinmalari, aloqa, logistika kabi qismlar ham kiradi.
Harbiy tuzilmalar şajarasida korpus diviziya (yoki brigada) va armiya hamda armiya guruhi örtasida joylaşadi.
Ukraina qurolli kuçlari 72-mexanizatsyalaşgan brigadasi
Bu operativ-taktik darajadagi tuzilma bölib, u taktik darajada (vzvod yoki batalyonlar darajasida) janglarni boşqariş vakolatiga ega emas, biroq strategik darajada – katta harbiy kampaniyalarni yoki butun uruşni boşqariş bilan ham şuğullanmaydi.
Korpusning asosiy vazifasi — ma’lum bir hududda brigadalar va diviziyalar harakatlarini muvofiqlaştiriş, ularni jang maydonidagi vaziyatdan kelib çiqib, resurslar bilan ta’minlaşdir. Korpus tarkibiga ikkitadan beştagaça brigada yoki diviziya kirişi mumkin, harbiy xizmatçilar soni esa 10 mingdan 50 minggaça yoki undan ham köproq bölişi mumkin. Bu körsatkiç mamlakat, qöşin turi va qöyilgan vazifalarga boğliq.
Mavzuga oid
Masalan, hozirgi zamonaviy Rossiya armiyasida korpuslar 15-30 ming askardan iborat bölişi mumkin, biroq Rossiya-Ukraina uruşi şaroitida ularning soni ança qisqargan bölişi ehtimol. Korpus qömondonligi frontning ma’lum bir qismida 30 kilometrgaça bölgan masofada jang olib boriş uçun öz kuçlarini qayta taqsimlaş va ularni zarur hududlarga yönaltiriş imkoniyatiga ega.
Rossiya armiyasi tuzilmasida korpuslar sovet ittifoqi davridan beri saqlanib qolgan
Bundan taşqari, korpus tuşunçasi ba’zan ma’lum bir harbiy qöşin turlariga (masalan, AQŞning dengiz piyodalari korpusi) yoki katta harbiy tuzilmalar boşqaruv organlariga (ştablarga) nisbatan ham işlatiladi.
Napoleondan AQŞning 5-armiya korpusigaça
Tarixiy jihatdan armiya korpuslari yaratuvçisi sifatida Napoleon Bonapart tan olinadi. U XIX asr boşlarida öz armiyasini bir neçta doimiy korpuslarga bölib, ularni öz kavaleriyasi, piyoda qöşinlari va artilleriyasi bilan ta’minladi. Bu korpuslar umumiy armiya strategiyasi doirasida mustaqil harakat qila olardi.
Korpus tizimi Napoleon armiyasini boşqarişni osonlaştirdi va uni ança manyovrçan qildi. Bu, öz navbatida, fransuzlarning Napoleon uruşlarining dastlabki bosqiçlarida (masalan, Auşterlits jangida) ğalaba qozonişida muhim rol öynadi.
Keyinçalik korpuslar boşqa davlatlarda ham joriy etildi — Prussiyadan tortib to Amerika Qöşma Ştatlarigaça.
Korpus tuzilmalari Birinçi jahon uruşida, ayniqsa, Şarqiy frontda keng qöllandi. Ikkinçi jahon uruşida esa tank va motorlaştirilgan korpuslarning yuqori manyovrçanligi Germaniyaga 1939–1941 yillarda Polşa, Fransiya va sovet qöşinlari ustidan tezkor ğalaba qozoniş imkonini berdi.
Hozir ham korpuslar köplab armiyalarda mavjud, biroq ular ança ixçam va özgargan şaklda faoliyat yuritmoqda.
Masalan, AQŞning 5-armiya korpusi 2003 yilda Iroqdagi Amerika kuçlarining asosiy tayanç nuqtasi bölgan va keyinçalik Afğonistonda faoliyat olib borgan. 2013 yilda uni tugatişadi, biroq 2020 yilda NATOning «şarqiy qanoti» Rossiyaning Ukrainaga bosqiniga javob tariqasida korpusni qayta tikladi va uning «Kemp-Kostyuşko» bazasini Polşaning Poznan şahrida joylaştirdi.
Polşadagi AQŞ 5-armiya korpusi askarlari
Hozirda AQŞ armiyasida törtta dala korpusi faoliyat yuritmoqda: 1- va 5-armiya korpuslari, 3-zirhli korpus va 18-desant korpusi.
Har qanday davrda va har qanday armiyada korpusning asosiy vazifasi katta harbiy operatsiyalar paytida brigada va diviziyalar örtasida samarali muvofiqlaştiruvni ta’minlaş, ularni yagona jangovar kuçga aylantirişdan iborat bölgan.
Ukraina armiyasida korpuslar
Ukraina qurolli kuçlari qismlari 1999 yilda
Ukraina qurolli kuçlarida ham armiya korpuslari operativ-taktik tuzilmalar sifatida mavjud bölgan.
Sovet ittifoqidan meros sifatida Ukrainaga «batalyon-polk-diviziya-korpus» şajarasiga ega bölgan armiya tuzilmasi meros qolgan. 1990-yillar davomida Ukraina armiyasida törtta armiya korpusi mavjud bölgan.
Ularning aksariyati sobiq sovet armiyalaridan taşkil etilgan, ular yirik operativ birlaşmalar bölib, 100 mingdan ortiq askardan iborat bölgan:
6-armiya korpusi — sovet ittifoqining 6-gvardiya tank armiyasi negizida taşkil etilgan bölib, Ukraina janubi va şarqidagi bölinmalarni birlaştirgan;
8-armiya korpusi — Qizil Bayroqli 8-tank armiya negizida taşkil etilgan bölib, Ukraina şimolidagi brigadalarni muvofiqlaştirgan;
13-armiya korpusi — 13-umumqöşin armiya negizida taşkil etilgan bölib, ğarbiy hududlardagi polk va brigadalarni birlaştirgan;
32-armiya korpusi — Qrimdagi Ukraina armiyasi bölinmalarini muvofiqlaştirgan.
Biroq, armiyani isloh qiliş va qisqartiriş jarayonida Ukraina bosqiçma-bosqiç korpuslardan va diviziyalar (15-20 ming askardan iborat taktik birliklar)dan voz keçdi.
2014 yilda Donbassda uruş boşlangan paytda Ukraina armiyasi «batalyon-brigada» tuzilmasi bilan faoliyat olib borayotgandi.
Ukrainalik desantçilar 2014 yil yozida
Şunday qilib, korpuslar va diviziyalar örniga armiyada eng yirik mustaqil taktik birlik – brigadalar bölib qoldi. Ularning har biri odatda 3-5 ming askardan iborat.
«1990-yillarda Ukraina sovet armiyasi parçalarini qabul qildi. Uning asosiy tuzilmasi «polk-diviziya» bölib, bu katta frontda jang olib boriş uçun möljallangan oğir tuzilma edi», — deydi «Strategiya XXI» globalistika markazi xavfsizlik dasturlari rahbari, sobiq harbiy-dengizçi Pavel Lakiyçuk BBCʼga bergan intervyusida.
Uning sözlariga köra, armiya islohotlari paytida avval «brigada-korpus» tizimiga ötiş amalga oşirilgan, bu öşa paytda oqlangan va köplab Yevropa davlatlari armiyalari tuzilişiga mos kelgan.
«Biroq keyinçalik, armiyani asossiz qisqartiriş jarayonida, harbiy-siyosiy rahbariyat korpus böğinini armiya boşqaruv tizimidan çiqarib taşladi. Bu nazariy jihatdan tinçlik davrida hali töliq safarbar etilmagan armiya uçun qabul qilinsa böladi. Lekin korpus böğini harbiy vaqt tartibiga ötganda armiya tarkibiga kiritilişi kerak», — deya qöşimça qiladi Lakiyçuk.
Şu bilan birga, Donbassdagi janglar boşlanganida ham Ukraina armiyasida korpuslar tiklanmadi.
Ekspert taxminiga köra, bu qaror öşa paytdagi aksilterroristik operatsiya (ATO) faqat Ukraina şarqidagi hududlar bilan çeklangani uçun qabul qilinmagan bölişi mumkin.
«Bundan köra, jangovar harakatlar zonasida vaqtinçalik operativ boşqaruv organlarini şakllantirişga ustuvorlik berildi. Bu vaziyat ATOni Birlaşgan kuçlar operatsiyasiga aylantirganidan keyin ham özgarmadi», — deydi Pavel Lakiyçuk.
U aytgan vaqtinçalik organlar — ATO hududidagi beşta sektor bölib, ular keyinçalik boşqa vaqtinçalik operativ-taktik birlaşmalar bilan almaştirildi.
2022 yildagi töliq masştabli uruş boşlanganidan keyin ham şunday yondaşuv saqlandi. Boşqaruv yuqori darajada vaqtinçalik organlar orqali amalga oşirildi: operativ-taktik va operativ-strategik qöşinlar guruhlari (OTQG va OSQG), ba’zan esa bundan ham kiçik taktik guruhlar.
Natijada, Ukraina armiyasining tuzilmasi «batalyon-brigada-taktik guruh-OTQG-OSQG» şaklida saqlanib qoldi.
Prezident Zelenskiy 2023 yil «Donetsk» operativ-taktik qöşinlar guruhi jangçilari bilan uçraşuvda
Bunday tizimda faqat batalyon va brigadalar doimiy tuzilmalar hisoblanadi. Taktik guruhlarda, operativ-taktik va operativ-strategik birlaşmalarda işlagan ofitserlar esa vaqtinçalik asosda faoliyat yuritadi — ular uçun bu asosiy lavozimdan xizmat safari sifatida qaraladi (köp hollarda — Boş ştabdan).
Kuzatuvçilar fikriga köra, bunday tizim kadrlar uzluksiz almaşinişi sababli iş samaradorligini pasaytirişi mumkin.
«Front çiziği ming kilometrdan oşgan, armiya safi esa bir neça yuz mingga yetgan bir paytda, qöşinlar boşqaruv tizimini özgartiriş ortiqça emas, balki şubhasiz zaruratga aylandi. Ukraina harbiy-siyosiy rahbariyati buni tuşunişi uçun uç yil zarur bölgani taassufli», — deydi Lakiyçuk.
Sönggi oylarda köplab mutaxassislar va hatto jangovar bölinmalar komandirlari Ukraina armiyasining Donbassdagi muvaffaqiyatsizliklariga sifatli boşqaruv yöqligi sabab bölganini ta’kidladi. Köpinça bir-biriga yaqin joylaşgan bölinmalar va hatto brigadalar özaro yaxşi muvofiqlaştirilmagan, bu zaiflikdan esa Rossiya armiyasi foydalanmoqda: ular şunday nuqtalarni topib, hujum qilib, mudofaa çiziqlarini yorib ötişga muvaffaq bölmoqda.
Şuning uçun ançadan beri muhokama qilinayotgan korpuslar joriy qilinişi hamkorlikni yaxşilaş uçun ehtimoliy yeçimlardan biri bölişi mumkin.
Armiya korpuslari tiklanişi
BBC ukrain xizmati ma’lumotiga köra, brigadalar boşqaruvini yaxşilaş uçun doimiy korpuslar joriy etiş taklifi ilk bor 2022 yilda Ukraina armiyasi sobiq boş qömondoni Valeriy Zalujniy tomonidan ilgari surilgan.
Biroq, öşa paytda bu taklif mamlakat rahbariyati tomonidan qöllab-quvvatlanmagan.
Zelenskiy va Sirskiy fevral oyi boşida Ukraina qurolli kuçlarida armiya korpuslari tiklanişi haqida rasman ma’lum qilgandi.
«Ukrainform» naşrining Ukraina qurolli kuçlaridagi manbalari 2024 yil noyabrida korpusli tuzilmaga ötiş haqida gapira boşlagan.
Rasman esa bu haqda 2025 yil 3 fevralda prezident Volodimir Zelenskiy va boş qömondon Oleksandr Sirskiy e’lon qildi.
Keyinçalik, Sirskiy boş qömondon sifatidagi lavozimiga tayinlanganiga bir yil tölişi munosabati bilan yöllagan bayonotida armiya korpuslarini şakllantiriş amaliyotda boşlanganini tasdiqladi.
«Garçi bu islohotni töğridan töğri janglar paytida amalga oşirişga töğri kelayotgan bölsa-da, biz aniq va işonç bilan şu yöldan ketyapmiz. Kelajakda korpusli tuzilmani töliq şakllantiramiz», — dedi Sirsikiy.
Islohotga oid boşqa rasmiy tafsilotlar hozirça oşkor etilmagan.
Biroq, bir qator OAV va jurnalistlar, jumladan, harbiy muxbir va «Censor.net» naşri muharriri Yuriy Butusov hamda Defense Express ma’lumotlariga köra, armiya korpuslari tarkibida 4-5 ta brigada, muhandislik bölinmalari, artilleriya, havo hujumidan himoya tizimlari va boşqa yordamçi qismlar böladi.
Hozirda Ukraina armiyasining bir brigadasi taxminan 5 ming askardan iborat ekanini hisobga olsak, bir armiya korpusi 15-20 ming harbiydan taşkil topişi mumkin.
Biroq, köplab brigadalar şaxsiy tarkib böyiça töliq komplektlanmaganini ham inobatga oliş kerak.
Umuman olganda, Ukraina armiyasida 20 ta korpus tuziş rejalaştirilgan. Bu hozir mavjud va yangi şakllangan brigadalar soniga mos keladi, ularning umumiy soni 100 dan oşadi.
Sergiy Zgurets ma’lumotiga köra, har bir armiya korpusining javobgarlik zonasi 30 kilometrdan 100 kilometr kenglikkaça bölişi mumkin. Bu uçastkaning murakkabligi va bölinmalar resurslariga boğliq böladi.
Bu jang maydonining umumiy uzunligi 1200 km bölgan Rossiya-Ukraina uruşi voqeligi bilan soliştirganda, juda mutanosibdir. Demak, yigirmaga yaqin har bir korpus örtaça 60 km hudud uçun mas’ul böladi.
Biroq, Yuriy Butusov ayrim korpuslar faol janglar yuz berayotgan hududlarda emas, masalan, Belarus bilan çegarada joylaşişi yoki rotatsiya uçun zaxira sifatida saqlanişini taxmin qilmoqda.
Şuningdek, u yangi korpuslar taktik guruhlarning örnini egallaşi, operativ-taktik qöşinlar guruhlari esa armiya tuzilmasidan çiqarilişi mumkinligini aytmoqda.
Demak, Ukraina armiyasining «korpusli» islohotdan keyingi yangi tuzilmasi quyidagiça körinişga keladi: «batalyon-brigada-korpus-OSQG».
Yangi korpuslar va ularning ehtimoliy qömondonlari
Prognozlarga köra, yangi tuziladigan korpuslardan biriga «Azov» komandiri Denis Prokopenko rahbar böladi
Ukraina armiyasida yangi korpuslar şakllantiriş jarayoni boşlandi. Ular eng jangovar brigadalar asosida tuziladi.
KyivPost naşriga köra, uşbu brigada bazasida 3-armiya korpusi taşkil etiladi. Unga hozirgi 3-şturm brigadasi qömondoni Andriy Beletskiy rahbarlik qilişi mumkin. Bu ma’lumot rasman tasdiqlanmagan, ammo inkor ham etilmagan.
Yuriy Butusov taxminiga köra, alohida korpus 92-şturm brigadasi asosida ham taşkil etilişi mumkin. Brigada rahbariyati hozirça bunday imkoniyatni tasdiqlamagan.
«Xartiya» brigadasi komandiri Igor Obolenskiy yangi korpus komandiri qilib kötarilişi kutilmoqda
Şuningdek, havo-desant qöşinlarida ikki korpus, dengiz piyodalarda esa bir korpus tuziş rejalaştirilgan.
Milliy gvardiya tarkibida ham ikki yangi korpus paydo bölişi mumkin. Jumladan, 12-korpus — «Azov» brigadasi bazasida, qömondoni Denis «Redis» Prokopenko; 13-korpus — «Xartiya» brigadasi bazasida, qömondoni Igor Obolenskiy boşçiligida. BBC ukrain xizmati manbalariga köra, «Xartiya» brigadasi bu rejalarni inkor etmagan.
Ukraina armiyasi manbalari rasmiy bayonotlar keyinroq berilişi mumkinligini aytgan. Boş ştab esa hujjatlar maxfiylik grifiga ega ekanini ta’kidlagan.
Yuriy Butusov fikriça, yangi korpus qömondonlari brigada va batalyonlarni kuçaytiriş, korpus içida rotatsiya ötkaziş, brigadalarni qayta tayyorlaş va ularning javobgarlik hududini uzaytiriş yoki qisqartiriş imkoniyatiga ega böladi.
Bu qömondonlarning jang mavjud bölgan hududlar uçun aniq mas’ulligini oşiradi, qöl ostidagi qöşindan ortiqça ma’qullovlarsiz tezda tasarruf etiş imkoniyatini yaratadi.
Prezident Volodimir Zelenskiy ta’kidlaganidek, yangi korpuslarga eng istiqbolli, jangovar tajribaga ega va zamonaviy fikrlaydigan ofitserlar rahbar etib tayinlanişi kerak.
Biroq harbiy tahlilçilar brigada qömondonlarini keskin ravişda korpus qömondoni lavozimiga tayinlaş xatarlarga olib kelişi mumkinligini ta’kidlamoqda.
Eng yaxşi brigada qömondoni yangi vazifada ham samarali rahbarlik qila olişini kafolatlab bölmaydi. Çunki korpus qömondoni brigadalar, artilleriya, havo hujumidan mudofaa va boşqa qismlarni nazorat qilişi kerak böladi.
New Geopolitics Research Network direktori Mixail Samusning fikriça, korpus qömondoni atrofida tajribali ştab bölişi kerak.
«Agar u razvedka, radioelektron kuraş, artilleriya va muhandislik böyiça malakali ofitserlardan taşkil topgan ştabga ega bölsa, muvaffaqiyatli brigada qömondoni korpus qömondoni sifatida ham muvaffaqiyat qozonişi mumkin», — deydi u.
Armiya korpuslari yana qanday foyda beradi?
Ukraina qurolli kuçlarida hozirda 5 ta korpus mavjud: 9, 10, 11 (2016 yilda tuzilgan zaxira korpusi), 7-desant-şturm korpusi va 30-dengiz piyoda korpusi.
Biroq, bu korpuslar asosan ştab vazifasini bajaradi va köp hollarda öz tarkibidagi brigadalarni bevosita boşqarmaydi.
«Hozirgi beş korpusning heç biri öz brigadalari töplamiga bevosita rahbarlik qilmaydi. Masalan, korpus qömondonligi ayrim operativ-taktik qöşinlar guruhini (OTQG) boşqarişi mumkin, ammo ular tarkibida öşa korpusga tegişli brigadalar emas, balki turli hududlarga tarqalgan qismlar joylaşgan», — degan «Vernis jivim» fondi rahbari Taras Çmut.
Dengiz piyodalari korpusi misolida gapira turib u şunday qöşimça qilgan: «Qömondon öz korpusi bilan işlaş örniga, TRO (hududiy mudofaa) brigadalari, mexanizatsiyalaşgan brigadalar, tank batalyoni, qurolli kuçlar artilleriya divizioni, desant-şturm brigadasi va boşqa turli qismlar bilan işlaşga majbur böladi».
Yangi islohotlarning asosiy maqsadi armiya korpuslarini doimiy brigadalar töplami va aniq mas’uliyat hududiga ega qömondonlikka aylantiriş.
Bu islohotlar orqali vaqtinçalik biriktirilgan bölinmalarni kamaytiriş közda tutilgan. Bugungi kunda frontdagi böşliqlarni töldiriş uçun qisqa muddatli biriktirilgan qismlar samarasiz işlaşda davom etmoqda, ularning özaro muvofiqligi past va tezda yöqotişlarga uçraydi.
Qömondonlik tizimini yaxşilaşda esa yangi korpuslar özining aniq tarkibidagi bölinmalarni nazorat qiliş orqali samarali işlaydi.
OTQG (operativ-taktik qöşinlar guruhlari)dan voz keçiş — bu guruhlar hozirgaça katta hududlar böylab bir neçta qismlarni boşqargan, ammo bu har doim ham samarali bölib çiqmayapti. Yangi korpuslar hududiy asosda şakllantirilib, aniq bir maydonda mas’uliyatni oladi.
Bundan taşqari, tahlilçilar qayd etişiça, Rossiya armiyasi korpus tizimidan foydalanmoqda va bu ularga katta natija bermoqda. Şuning uçun Ukraina qurolli kuçlarida korpus islohoti strategik jihatdan muhim qaror hisoblanadi.
Rossiya qöşinlari armiya korpuslaridan foydalangan holda hujum harakatlarini yölga qöya oldi
Yuriy Butusov ta’kidlaşiça, Rossiya armiyasi 2022 yil oxiridan buyon korpus asosida tuzilgan harbiy tuzilma bilan harakat qilmoqda. Ularning hozirgi strukturasi «polk-brigada-diviziya-korpus-armiya» körinişida va bu boşqaruv tizimida ularga ustunlik beradi.
Şuningdek, yangi korpuslar taktik darajada yuqori qömondonlikning haddan taşqari aralaşuvini (boş ştab mikromenejmenti) kamaytiriş uçun yaratilmoqda.
«Korpuslar joriy etilişi orqali korpus qömondonidan yuqori darajadagi rahbarlar taktik jarayonlarga töğridan töğri aralaşiş huquqiga ega bölmasligi ta’minlanadi», — deydi Butusov.
Pavel Lakiyçuk BBCʼga bergan intervyusida, korpus tizimi haqiqiy resurslar bilan ta’minlansa va ularga töliq vakolat berilsa, Ukraina armiyasining modernizatsiyasi muvaffaqiyatli bölişi mumkinligini ta’kidladi.
Ammo, agar bu faqatgina OTQG (vaqtinçalik harbiy boşqaruv organlari) vakolatlarini korpus ştablariga formal ravişda ötkaziş bilan çeklansa, u holda bu islohot kutilgan natija bermaydi.
Şu bilan birga, Ukraina armiyasida diviziyalar tizimini tiklaş böyiça muhokamalar davom etmoqda. Biroq, Lakiyçukning fikriça, korpus tizimiga ötiş şaroitida bu masala ikkinçi darajali ahamiyatga ega.
«Korpuslar qanday tarkibda — diviziyalar, brigadalar yoki polklar asosida — tuzilişi unçalik muhim emas. Eng asosiysi, bu tuzilmalar tarkibi vazifalarga moslaştiriladigan, samarali va ixçam bölişi kerak. Byurokratik yöl bilan haddan taşqari rasmiylaştirilgan va özgarmas tizim yaratiş islohotni yöqqa çiqarişi mumkin», — deydi Lakiyçuk.
Ekspertlar yangi korpuslar şakllanişi va ularning samaradorligi bir neça oy vaqt talab qilişi mumkinligini ta’kidlaşmoqda. Ammo agar hammasi töğri joriy etilsa, bu Ukraina armiyasi uçun strategik muvaffaqiyat böladi va brigadalar örtasida muvofiqlaşuvni kuçaytirib, armiyaning umumiy samaradorligini oşiradi.
Bu XIX asrdan beri armiya korpuslarining asosiy afzalligi bölib kelgan.