Yevropa davlatlari yetakçilari Ukrainadagi uruşni yakunlaş va yagona pozitsiyani işlab çiqiş imkoniyatini muhokama qiliş maqsadida Parijda favqulodda sammit ötkaziş niyatida. Bunga AQŞ Rossiya bilan tinçlik muzokaralariga Yevropa davlatlari iştirokisiz tayyorgarlik körayotgani sabab bölmoqda.
Yelisey saroyi hozirça uçraşuv haqida rasmiy xabar bermadi, ammo alohida yetakçilar undagi iştirokini allaqaçon tasdiqlagan. Ular orasida Buyuk Britaniya boş vaziri Kir Starmer ham bor. «Biz Rossiya tomonidan jiddiy tahdidga duç kelyapmiz va Yevropa Ukraina kelajagini ta’minlaşi uçun NATOda nisbatan ahamiyatli rolni öynaşi kerak. Buyuk Britaniya AQŞ va Yevropa birligiga erişiş niyatida», — deydi Starmer. Şuningdek, u hozirgi taşqi tahdidlar şaroitida alyans içida kelişmovçiliklarga yöl qöyib bölmasligini ta’kidlagan.
Parij sammitidan keyin Starmer Vaşingtonda AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan uçraşişni rejalaştirmoqda. Şundan keyin Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy iştirokida Yevropa yetakçilari yana bir uçraşuv ötkazadi.
NATO boş kotibi Mark Ryutte ham sammitda qatnaşiş niyatida. Xavfsizlik böyiça Myunxen konferensiyasida çiqiş qilgan Ryutte Yevropa AQŞ taşabbusi bilan amalga oşirilayotgan tinçlik jarayonida faol iştirok etmoqçi bölsa, aniq takliflarni bildirişi kerakligini aytgan. «Agar yevropaliklar ovoz huquqiga ega bölişni istaşsa, ular özlarining ahamiyatini namoyiş etişlari kerak», — deydi Ryutte.
Parijda sammit ötkazilişi töğrisida birinçi bölib, Polşa taşqi işlar vaziri Radoslav Sikorskiy xabar berdi. Uning ta’kidlaşiça, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron «allaqaçon Yevropa yetakçilarini Parijga taklif qilgan».
Finlandiya prezidenti Aleksandr Stubbga köra, AQŞ Davlat departamenti yevropalik şeriklarini Ukrainani harbiy jihatdan qöllab-quvvatlaş böyiça taklif işlab çiqişga çaqirgan.








