AQŞ Davlat departamenti özining rasmiy saytidan Tayvan mustaqilligi qöllab-quvvatlanmasligi haqidagi bayonotni olib taşladi. Bu haqda Amerikaning CNBC telekanali xabar berdi.

Davlat departamenti veb-saytidagi bayonotning yangilangan versiyasida Tayvan AQŞ Mudofaa vazirligi bilan texnologiya va yarimötkazgiçlar sohasida hamkorlik qilişi va Amerika ma’muriyati orolning xalqaro taşkilotlardagi iştirokini qöllab-quvvatlaşi ta’kidlangan.

AQŞ Davlat departamenti vakilining aytişiça, özgarişlar ğayrioddiy emas va Vaşingtonning Tayvan bilan norasmiy munosabatlarini aks ettiriş uçun axborot kun tartibini yangilaş bilan boğliq.

«Biz status-kvoni özgartirişga qaratilgan har qanday bir tomonlama urinişlarga qarşimiz. Biz tomonlar örtasidagi muloqotni qöllab-quvvatlaymiz va kelişmovçiliklar tinç yöl bilan hal etilişiga umid qilamiz», deyiladi bayonotda.

Şu bilan birga, bayonotda ta’kidlanişiça, AQŞ ma’muriyati «yagona Xitoy» tamoyiliga amal qilişda davom etadi. «AQŞ Tayvan böğozida tinçlik va barqarorlikni saqlaş tarafdori», deyiladi hujjatda.

Ayni paytda Xitoy Taşqi işlar vazirligi özgarişlarga hali izoh bermadi.

Ikkinçi jahon uruşidan keyin Xitoyda Çan Kay-şi boşçiligidagi Gomindan kuçlari va Mao Tszedun boşçiligidagi Xitoy Kommunistik partiyasi (XKP) örtasidagi fuqarolar uruşi yakunlandi.

Kommunistlarning ğalabasi natijasida 1949 yil 1 oktyabrda Xitoy Xalq Respublikasi e’lon qilindi. Mağlub bölgan gomindan tarafdorlari Tayvanga qoçib ketdi va u yerda muvaqqat hukumat tuzdi.

Pekin Tayvanni öz hududining ajralmas qismi deb hisoblasa-da, orol 1949 yildan beri amalda mustaqilligini saqlab kelmoqda.

Sönggi yillarda Xitoy Tayvanga harbiy bosimni kuçaytirmoqda va orolni materik bilan birlaştiriş uçun kuç işlatişni istisno etmayapti.