Buyuk Britaniya boş vaziri Kir Starmer ilk bor Ukrainaga tinçlikparvarlik missiyasi doirasida Britaniya qöşinlarini yuborişga tayyorligini aytdi. Bu haqda siyosatçi The Daily Telegraph gazetasi uçun 16 fevral, yakşanba kuni çop etilgan maqolasida aytib ötdi.

London Ukraina uçun xavfsizlik kafolatlari ustida işlaşda yordam berişga tayyor

«Buyuk Britaniya Ukraina uçun xavfsizlik kafolatlari böyiça işlarni jadallaştirişda yetakçi rol öynaşga tayyor. Bunga Buyuk Britaniya kamida 2030 yilgaça yiliga 3 milliard funt sterling ajratgan Ukraina armiyasini qöllab-quvvatlaşni davom ettiriş kiradi. Ammo bu, şuningdek, qöşinlarimizni u yerga joylaştiriş orqali Ukraina uçun xavfsizlik kafolatlariga hissa qöşişga tayyorligini anglatadi. Ukraina xavfsizligini ta’minlaşdagi har qanday rol bizning qit’amiz va bu mamlakat xavfsizligini ta’minlaşga yordam beradi», deb yozadi Starmer.

Uning sözlariga köra, «bu nafaqat Ukraina kelajagi, balki butun Yevropa uçun ekzistensial masala». «Ukrainada uzoq muddatli istiqbolda uning suverenitetini himoya qiladigan mustahkam tinçlikni ta’minlaş, agar biz Putinni kelajakda keyingi tajovuzdan töxtatmoqçi bölsak, bu hal qiluvçi ahamiyatga ega», — deya qöşimça qildi Britaniya boş vaziri.

Starmer: Putinni faqat Vaşington töxtatişi mumkin

Şu bilan birga, u «faqat AQŞ Putinni töxtata olişi»ni tan oldi va yaqin kunlarda Donald Tramp bilan uçraşişini ma’lum qildi. U 17 fevral kuni Parijda Ukraina böyiça favqulodda sammitda ham masalani kötarişini qöşimça qildi: «Men yevropalik döstlarimizga juda aniq xabar bilan Parijga ketyapman. Biz öz mudofaamizga jiddiy yondaşayotganimizni va öz yukimizni öz zimmamizga olişimizni körsatişimiz kerak. Biz bu haqda juda uzoq vaqt gapiryapmiz — va prezident Tramp bizdan harakatni talab qilişda haqli».

Starmer Yevropadagi NATOga a’zo davlatlarni mudofaa xarajatlarini oşirişga va Rossiyaga qarşi sanksiyalarni, jumladan, neft eksporti, «soyadagi flot» va mavjud jazolarni çetlab ötişga yordam beradigan Rossiya banklariga qarşi sanksiyalarni kuçaytirişga çaqirdi. Siyosatçi Ukrainaning NATOga qabul qilinişini yoqlab gapirdi va «tinçlik kuç orqali keladi», «zaiflik esa uruşga olib keladi» dedi.