Malayziyaning AirAsia aviakompaniyasida menejer yordamçisi bölib işlaydigan Raşil Kaur har kuni ofisiga samolyotda borib qaytadi. Gap şundaki, ayol oilasi bilan Penangda istiqomat qiladi, işi esa Sepangda joylaşgan. Bu ikki şahar orasidagi masofa taxminan 400 kilometrni taşkil etadi.
Kaurning kuni tonggi soat törtdan boşlanadi, keyin u aeroportga yöl oladi va soat sakkizda işda böliş uçun qöşni şaharga uçadi. Bir tomonga parvoz taxminan 40 daqiqa davom etadi. Işdan keyin ayol keçki reys bilan uyiga qaytadi.
Kaurning aytişiça, u farzandlari bilan köproq vaqt ötkaziş maqsadida har kuni işga samolyotda borişga qaror qilgan. Ilgari u ofisi yaqinida ijaraga uy olib yaşagan va oilasi bilan faqat dam oliş kunlari körişgan.
“Har kuni ertalab soat törtda turiş odamni çarçatadi. Biroq uyga qaytib, bolalarimni körganimda çarçoq öz-özidan yöqoladi”, — deb ta’kidladi Kaur.
Ayol 2024 yilning yanvar oyidan boşlab işga uçib borişni boşlagan. Şu vaqt mobaynida u hatto mablağ tejaşga muvaffaq böldi. Uning aytişiça, kvartirada yaşagan paytlari oylik xarajatlari 474 dollar bölgan, endi bu 316 dollarga tuşgan.







