Özbekistonda 2023 yilda joriy etilgan, aylanmadan olinadigan soliqni qat’iy belgilangan summada tölaş tartibi 2026 yil 1 yanvardan e’tiboran bekor qilinadi.

Soliq maslahatçisi Murod Muhammadjonov Kun.uz bilan suhbatda kiçik tadbirkorlarga yengillik yaratgan uşbu tartibning bekor qilinişi nima uçun kiçik tadbirkorlar zarariga işlaşini tuşuntirdi.

«Tadbirkorlikni boşlaşga qörqadiganlar uçun qat’iy belgilangan AOS qulay zona edi»

— Qat’iy belgilangan summadagi aylanmadan olinadigan soliq (AOS)ni saqlab qoliş tarafdorimiz, lekin soliq organi bu narsaga qat’iy qarşi çiqyapti. Lekin budjet darajasida katta ta’sir qiladigan asos körsatib bera olgani yöq.

Özi, umuman, Özbekiston böyiça 300 mingga yaqin qat’iy belgilangan summadagi aylanmadan olinadigan soliq tölovçilarning jami tölagan soliqlarini hisobga olsak, budjetning 1,5 foizini ham taşkil qilmaydi. Bu soliq turining joriy etilişi – tadbirkorlikka kirişga, hisobot topşirişga qörqaman deydigan köplab odamlardagi tadbirkorlikka kirişi uçun birinçi yuzaga keladigan qörquvini olib taşlagandi. Unda birlamçi hujjatlar yuritiş, kirim-çiqim hujjatlarini qiliş şartmas edi.

Özbekistonda hali köpçilik yuqori darajadagi biznesga öta olmagani, tadbirkorlikka kiruvçilar sonining köpligini inobatga olsak, qat’iy aylanmadan olinadigan soliq ular uçun juda qulay maydon edi. Nega? Çunki yakka tartibda faoliyat yurituvçi tadbirkorlikda faoliyat turlari çeklangan, MÇJ qiladigan bölsa yuritadigan faoliyat turlari çeklanmagan. Deylik, yakka tartibdagi tadbirkor quriliş mollarini sota olmaydi, AOS tölovçilar MÇJ şaklida firma qilsa, sotişga haqli.

Amalda faqat hamma narsani Toşkent şahrining saviyasi bilan ölçaş salbiy oqibatlarga olib keladi, ozgina çetroqqa çiqsa, Toşkent viloyatining qişloq va şaharçalarida odamlar hujjat nimaligini bilmaydi hali. Hujjatsiz işlab, oçiqçasiga korrupsiyada ötirganlar juda köp. Tegişli uçastka noziriga, xoh militsiya noziri bölsin, xoh soliqçi bölsin, har oylik badalini tölab turadi, unga indamaydi. Şunaqa narsaning oldini oliş uçun hujjatlaştirişdan qörqadigan, alohida buxgalteriya yollab unga oylik tölaş kerak degan narsadan qörqadigan darajadagi tadbirkorlik sub’yektlariga qat’iy aylanmadan olinadigan soliq juda qulay zona edi.

Bunga kirganda odamlar heç bölmaganda “pereçisleniye” bilan işlaş mumkinligini, firma bilan işlaş ança qulayligini, ikkinçi zinaga ötiş imkoni borligini körardi. Bu narsaning bekor qilinişi bilan tadbirkorlar uçun komfort zona olib taşlanyapti.

«Fikrimiz inobatga olinmadi»