Namangan viloyatida qayd etilgan holatda, Andijon viloyatining Baliqçi tumanida yaşovçi şaxs mahalliy fuqaroning işonçiga kirib, uning ota-onasini Namangan şahridagi sayyohlik firmalaridan biri orqali joriy yilgi mavsumda Saudiya Arabistoniga Haj ziyoratiga yuboriş evaziga 20 ming AQŞ dollari olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.
Boşqa holatda esa Namangan şahridagi turistik firmada iş yurituvçi bölib işlovçi şaxs 2 nafar fuqaroni uşbu firma orqali joriy yilgi Haj mavsumida ezgu amallarni bajariş uçun Saudiya Arabistoniga yuboriş evaziga 15 ming AQŞ dollari talab qilib, oldindan 10 ming AQŞ dollari olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.
Xorazm viloyatida kuzatilgan holatda, Gurlan tumanida yaşovçi şaxs Qoraqalpoğiston Respublikasining Ellikqal’a tumanida istiqomat qiluvçi 3 nafar fuqaroni Toşkent şahrida faoliyat yurituvçi, lekin tegişli litsenziyaga ega bölmagan turistik firma orqali Umra ziyoratiga yuboriş evaziga 3450 AQŞ dollari olgan vaqtida uning noqonuniy harakatlariga çek qöyildi.
Farğona şahrida ötkazilgan tezkor tadbirda esa Toşloq tumanida yaşovçi şaxs Umra ziyoratini taşkil etişga vakolati bölmasa-da, viza rasmiylaştirib beriş orqali, Qöştepa tumanida istiqomat qiluvçi 2 nafar fuqaroni Umra safariga jönatiş evaziga 2400 AQŞ dollari olgan vaqtida uşlandi.
Quva tumanida qayd etilgan holatda şaxs “Telegram” messenjeridagi profili orqali göyoki Umra ziyoratiga yuboriş bilan şuğullanuvçi firmasi borligini aytib, aynan Umra vizasi bilan 2 nafar fuqaroni ziyoratga jönatiş evaziga 3100 AQŞ dollari talab qilib, oldindan 1800 AQŞ dollari olgan vaqtida uşlandi.
Hozirda barça holatlar yuzasidan mazkur şaxslarga nisbatan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.








