Tramp ma’muriyatining Ukraina nodir metallaridan foydalaniş taklifi neft, gaz, portlar va boşqa infratuzilmani öz içiga olgan mineral qazib olişdan ança çuqurroqdir. Bu haqda 17 fevral, duşanba kuni taklif loyihasiga tayanib, The Daily Telegraph naşri yozdi.

AQŞ tomonidan ilgari surilgan şartlar «AQŞ tomonidan Ukrainani iqtisodiy mustamlaka qiliş bilan barobar» va «bajariş mumkin bölmagan tovon tölaş yukini nazarda tutadi», deb yozadi gazeta. Unga köra, hujjat «Kiyevda sarosima va vahima keltirib çiqargan».

Hujjat loyihasida aytilişiça, Qöşma Ştatlar va Ukraina «mojaro tomonlari Ukrainani qayta qurişdan naf körmasligini» ta’minlaş uçun qöşma sarmoya fondini tuzişi kerak. Şartnoma «yer osti boyliklari, neft va gaz resurslari, portlar va boşqa infratuzilmalarni (kelişuv böyiça)» qamrab oladi. Ikkinçisi aniq nimaga tegişli ekanligi aniqlaştirilmagan.

Kelişuvga köra, Tramp ma’muriyati Qöşma Ştatlardan Ukrainaning resurslar qazib olişdan keladigan joriy daromadlari yarmini, şuningdek, «uçinçi şaxslarga berilgan barça yangi litsenziyalar (resurslarni qazib oliş uçun)» narxining yarmini olişini istagan. Bunday daromadlar AQŞ garov huquqiga tegişli böladi. «Bu band «avval bizga pul tölang, keyin bolalaringizni boqing» degan ma’noni anglatadi», dedi gazetaga muzokaralarga yaqin manbalardan biri. «Kelajakdagi barça litsenziyalar uçun AQŞ eksportga yaroqli foydali qazilmalardan birinçi bölib voz keçiş huquqiga ega böladi».

«Ikkinçi jahon uruşidan keyingi tovon pulidan ham yomonroq»

Naşrning yozişiça, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy dastlab AQŞga Ukraina nodir metallarini qazib olişda uluş beriş ğoyasini ilgari surgan. U, The Daily Telegraph yozganidek, Amerika kompaniyalari Ukrainada öz faoliyatini boşlaydi va bu Rossiyani hujumlardan qaytaradi, deb taxmin qilgan.

«Zelenskiy odatda uruşda mağlub bölgan tajovuzkor davlatlarga qöyiladigan şartlarga duç kelişni kutmagan bölsa kerak. Ular Germaniya va Yaponiyaga 1945 yilda mağlubiyatga uçraganidan keyin qöyilgan moliyaviy sanksiyalardan ham battarroqdir», — deb yozadi gazeta. Agar kelişuv loyihasi qabul qilinganida, Trampning talablari Ukraina yalpi içki mahsulotining Versal şartnomasiga köra Germaniyaga qöyilgan tovon pulidan köra köproq qismini taşkil qilgan bölardi, deb yozadi The Telegraph.