Ilk bor taşkil etilgan OFK Elit Çempionlar Ligasida qatnaşgan «Paxtakor» turnirning 1/8 finaliga yöl oldi. 

Özbekiston vakili sönggi turda kolumbiyalik hujumçi Brayan Riaskosning dubli evaziga  «As Sadd»ni (2:1) mağlub etib, turnirdagi ilk ğalabasiga erişdi. 

Jamoaning keyingi bosqiçga çiqiş-çiqmasligi boşqa öyinlarga boğliq edi va öşa bahslarda «şerlar»ni qoniqtiradigan natijalar qayd etildi. Aniqroği, muddatidan avval pley-off masalasini hal qilib bölgan Saudiya grandlari oxirgi öyinda yutqazişmadi va bu «Paxtakor»ning 1/8 finalga çiqişini rasman hal qildi. «An Nasr» «Persepolis» (0:0) bilan durang öynagan bölsa, «Al Ahli» esa «Al Ğarafa»dan (4:2) ustun keldi. 

Natijada 8 öyinda 7 oçko töplagan «Paxtakor» kamida 8-örindan (12 jamoadan 8 tasi çiqadi) pastga tuşmaydigan böldi va Elit OÇL pley-offida öynaydigan ilk özbek klubiga aylandi. Nimçorakfinaldagi raqib — «Al Hilol» yoki «Al Ahli» böladi. 

Hozirda Ğarb mintaqasida 7 yöllanma egasi aniq — «Al Ahli», «Al Hilol», «An Nasr» (uçalasi — Saudiya Arabistoni), «As Sadd», «Ar Rayyan» (ikkalasi — Qatar), «Al Vasl» (BAA) va «Paxtakor» (Özbekiston). 

Sönggi 8-iştirokçi Eron klubi böladi. Agar 18 fevral kuni Jaloliddin Maşaripov öynaydigan «Istiqlol» «Ar Rayyan»ga yutqazmasa, keyingi bosqiçga çiqadi. Agar «Istiqlol» mağlub bölsa, Oston Örunov harakat qiladigan «Persepolis» pley-offda öynaydi.