“Yoşlar tadbirkorligini hamda ularning bandligini ta’minlaşga qaratilgan biznes loyihalarni qöllab-quvvatlaş tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Yoş tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaş jamğarmasi negizida Yoşlar işlari agentligi huzurida Yoşlar tadbirkorligini rivojlantiriş davlat maqsadli jamğarmasi taşkil etiladi.

Jamğarma mablağlari belgilangan manbalar hisobidan 100 million AQŞ dollari ekvivalentiga teng summaga yetkaziladi.

Jamğarma kömagida kamida 50 ming nafar yoşlarning bandligini ta’minlaş va tadbirkorlikka jalb qiliş uning faoliyatining asosiy samaradorlik körsatkiçi hisoblanadi.

Belgilangan daryo, kanal va sohil böylarida xizmat körsatiş, köngiloçar va dam oliş maskanlarini taşkil etiş böyiça biznes loyihalarni joylaştiriş uçun örnatilgan tartibda elektron onlayn auksion savdolariga çiqariş orqali yer uçastkalari ajratiladi.

Yoşlar işlari agentligining Jamğarmaga ajratiladigan mablağlari hisobidan Jamğarma huzurida ustav fondi 10 million AQŞ dollari ekvivalentiga teng bölgan yoşlarning istiqbolli startap loyihalarini moliyalaştiradigan vençur jamğarma taşkil etiladi.