Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy AQŞ mudofaa vaziri Pit Xegset va Donald Tramp ma’muriyati boşqa vakillarining Ukrainaning Rossiya Federatsiyasi tomonidan unga qarşi oçilgan uruşdagi pozitsiyasi va Kiyevning ğalaba qozoniş istiqbollari yöqligi haqidagi bayonotlarini tanqid qildi. Bu haqda Ukraina rahbari Germaniyaning ARD mediakompaniyasi jurnalisti Sandra Mayşberger bilan Myunxen xavfsizlik konferensiyasi doirasida suhbat çoğida aytib ötdi. Intervyu 18 fevral, seşanba kuni efirga uzatilgan Mayşberger tok-şousining sönggi qismi böldi.

Zelenskiyning sözlariga köra, «muammo şundaki, Qöşma Ştatlar bugun Putinga juda yoqadigan gaplarni aytmoqda». Ukraina rahbarining fikriça, Vaşington Rossiya prezidentini «ma’qullamoqçi». «Bilasizmi, nima uçun? Uçraşiş va tezda muvaffaqiyatga erişiş uçun. Lekin ular istagan narsa - şunçaki öt oçişni töxtatiş bu - muvaffaqiyat emas», — dedi Zelenskiy.

Şu bilan birga, Ukraina prezidenti AQŞ mudofaa vaziri Pit Xegsetning Ukrainaning mamlakat xalqaro tan olgan çegaralariga harbiy yöl bilan qaytişi imkoni yöqligi haqidagi bayonotlarini «juda umumiy» deb atadi. «Mudofaa vaziri tafsilotlarga çuqurroq kirib borişi kerak. Menimça, buning uçun unga vaqt kerak», — dedi Ukraina rahbari.

Öşa intervyuda Zelenskiy agar Ukraina Yevropa Ittifoqi va NATOga qabul qilinsa, öz ixtiyori bilan prezidentlik lavozimidan voz keçişini aytdi. «Agar Rossiya qöşinlari ketsa va bizda xavfsizlik kafolatlari bölsa, men keyin kerak bölmay qolaman», — degan uning sözlaridan iqtibos keltiradi AFP. «Men öylaymanki, öşanda men hamma narsaga erişaman. Lekin bu amalga oşmagunça, men öz vatanimni himoya qilaman».

Xegset Qrim va Donbass qaytarilişi hamda NATOga a’zolikni «xayoliy maqsadlar» dedi

Xegset Myunxen xavfsizlik konferensiyasi arafasida NATOning Bryusseldagi qarorgohida bölib ötgan Ukraina böyiça aloqa guruhi yiğilişida Zelenskiyning salbiy munosabatiga sabab bölgan bayonotlar bilan çiqdi. Pentagon rahbari Kiyevning Qrim va Donbassni qaytariş istagini «xayoliy maqsad sari intiliş» deb atadi, bu uning nuqtayi nazari böyiça uruşni uzaytiradi va yangi azob-uqubatlarga olib keladi, deb xabar berdi DW muxbiri.

AQŞ Mudofaa vaziri, şuningdek, Vaşington «Ukrainaning NATOga a’zoligi kelişuv muzokaralarining real natijasi ekanligiga işonmasligini» aytdi.

Amerikaning yangi ma’muriyatiga köra, Ukraina uçun xavfsizlik kafolati tinçlikparvar kuçlarning «yevropalik va yevropalik bölmagan qöşinlari» bölişi mumkin, ammo ular orasida amerikalik harbiylar bölmaydi. AQŞning yana bir şarti şundaki, bu qöşinlar NATO nomidan va Şimoliy Atlantika alyansi xartiyasining kollektiv mudofaa töğrisidagi 5-moddasi asosida harakat qilmasliklari kerak.