Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 18 fevral kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanning taklifi bilan uşbu mamlakatga taşrif buyuradi. Uçraşuv davomida «strategik şeriklik» va ikki mamlakat hamkorligini mustahkamlaş masalalari muhokama qilinadi. Şuningdek, davlat rahbarlari «Ukrainadagi sönggi voqealar hamda boşqa mintaqaviy va global muammolar haqida» fikr almaşadi, deb yozadi deydi Turkiya prezidenti ma’muriyati vakili Fahrittin Altun.

Duşanba kuni Turkiya TIV rahbari Hoqon Fidan Anqara Ukrainada tinçlikni ta’minlaş va mamlakatning qayta tiklanişiga kömaklaşişda har qanday rolni öynaşga tayyorligini bildirgan edi. Uning fikriça, kelişuvga erişiş «juda qiyin» böladi. «Ideal dunyoda, biz, albatta, Ukrainaning hududiy yaxlitligi saqlanib qolişini xohlagan bölardik. Ammo ayni vaqtda uruş davom etmoqda va afsuski, yoqimsiz qarorlarni qabul qilişga töğri keladi. Hozir tomonlar uşbu tanlovni amalga oşirişga urinmoqda: nimani beriş, nimani saqlab qoliş, keyinroq nima haqida gaplaşiş mumkin», — deydi Fidan. Şuningdek, u mojaroning barça iştirokçilari, jumladan, töğridan-töğri jang qilayotganlar ham öz ustuvorligini birinçi öringa köyayotganini qayd etdi.

18 fevral kuni, şuningdek, Saudiya Arabistonida AQŞ va Rossiya vakillarining uçraşuvi bölib ötadi. Zelenskiy Erdöğan bilan uçraşişini e’lon qilarkan, Kiyev uşbu muzokaralar haqida heç narsa bilmasligini va unda iştirok etmasligini bildirdi. Avvalroq u Ukrainada «AQŞ prezidenti Donald Tramp va Yevropa»ning tinçlik rejasi paydo bölganidan keyin uruşni töxtatiş uçun Vladimir Putin bilan muzokaralar stoliga ötişini ta’kidlagan edi.

Ammo hozirça Vaşington Zelenskiyga faqat Ukrainaning nodir metallari zaxirasidan foydalaniş töğrisidagi şeriklik bitimini taqdim etdi xolos. Hujjatga muvofiq, Kiyev Amerika yordami evaziga mamlakatning barça mineral resurslarining 50 foizini AQŞga berişi kerak. Zelenskiy xavfsizlik kafolatlari taqdim etilmagunça, bitimni imzolaşdan boş tortdi. Keyinroq u Ukraina ham «Isroil varianti» kabi kafolatlarni olişni xohlaşini ma’lum qildi