«Uzagrostar xolding» kompaniyasi faoliyatini taşkil etiş töğrisida»gi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga köra, 2025 yil 1 martgaça «Uzex Agro» elektron savdo platformasida aholi tomorqalari va dehqon xöjaliklari yer maydonlarida yetiştirilgan mahsulotlarni töğridan-töğri taşqi bozorlarga sotiş imkoniyati yaratiladi.

2025 yilda Asaka, Kitob, Baxmal, Xatirçi va Farğona tumanlarida, 2026 yilda esa qişloq xöjaligiga ixtisoslaşgan yana kamida 5 ta tumanda kiçik logistika markazlari, şu jumladan, siğimi 100 tonnadan kam bölmagan muzlatkiçli siğimlar, uruğlik, köçat, kimyoviy vositalar va mineral öğitlarni tarqatiş markazlari barpo etiladi.

Tomorqa va uzoq muddatli ijaraga berilgan yer maydonlari egalariga onlayn maslahat va ma’lumot oliş, moliyaviy xizmatlardan foydalaniş hamda mahsulotlarni sotiş böyiça yagona xizmat körsatiş va monitoring qiliş platformasi işga tuşiriladi.

Platformada dehqonlarga yetiştiradigan mahsulotining 70 foizigaça miqdorda imtiyozli onlayn kredit ajratiş tizimi işga tuşiriladi.