«Uzagrostar xolding» kompaniyasi faoliyatini taşkil etiş töğrisida»gi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga köra, «Uzagrostar xolding» kompaniyasi mas’uliyati çeklangan jamiyat şaklida taşkil etiladi.

Taşqi va içki bozorlarda talab yuqori bölgan qişloq xöjaligi mahsulotlari kesimida bazaviy va qamrab olinadigan tumanlarni belgilaş va uşbu hududlardagi mahallalarda mahsulot yetiştirişning ixtisoslaşuvini çuqurlaştiriş böyiça Xolding kompaniya muassisligida ixtisoslaşgan kompaniyalar taşkil etiladi.

Bunda bazaviy tumanlar ixtisoslaşgan kompaniyalarning asosiy faoliyati uçun markaz bölib hisoblanadi.

Aholi tomorqalarida va dehqon xöjaligi yer maydonlarida mahsulot yetiştiriş böyiça ixtisoslaşuvni rağbatlantiriş maqsadida quyidagi moliyaviy qöllab-quvvatlaş instrumentlari joriy etiladi:

- uzum köçatini şpalerga ötkazişga har bir şpaler uçun 15 ming sömgaça subsidiya beriladi;

- tomorqadagi boğlarni yangilaş uçun «in-vitro» köçat sotib oliş xarajatining 50 foizi qoplab beriladi;

2025 yilda meva-sabzavot mahsulotlari yetiştiriş va ularning xaridi uçun ajratiladigan imtiyozli kreditlarga 1 trillion söm yönaltiriladi.