BBC rus xizmati harbiy şarhlovçisi Rossiya-Ukraina frontida nimalar sodir bölayotgani haqida qisqaça şarh berdi.

Yakunlangan hafta davomida Rossiya qöşinlari turli hududlarda, ayniqsa Donetsk ğarbida hujumlarni faol davom ettirdi. Velikamixaylovsk yönalişida ular Mokriye Yali daryosi şimoliga, Kuraxovo yönalişida esa Konstantinopol şahriga yorib ötişga harakat qilişdi.

Rossiyaning hujum amaliyotlari boşqa uçastkalarda ham davom etdi – Xarkivdan şarqda Kupyansk va şimoli-şarqda Vovçansk hududlarida, Donetskdan şimolda Liman va Seversk hududlarida, Kramatorskdan janubi-şarqda Çasiv Yar hududida, Pokrovsk hududida, Zaporijjyadan janubi-şarqda Orixiv hududida, şuningdek, Kursk oblastida.

Aksariyat yönalişlarda rus qöşinlarining oldinga siljişi kuz-qiş kampaniyasidagiga qaraganda arzimas darajada bölmoqda. Amerika Uruşni örganiş instituti (ISW) 5 mart kungi hisobotida Rossiya armiyasining butun front çiziğidagi tasdiqlangan muvaffaqiyatlarini topmadi.

Şu bilan birga, köplab manbalar, jumladan, rossiyaliklar ham Donetsk ğarbi va şimolida Ukraina qurolli kuçlari faollaşgani haqidagi xabarlarni tasdiqladi.

Umuman olganda, janglarning qizğinligi saqlanib qolmoqda, ammo jiddiy natijalar yöq.

Davomli qarşi hujumlarda Ukraina qöşinlari Pokrovskka hujum qilayotgan Rossiya bölinmalarini biroz ortga çekintirib, öz pozitsiyalarini tiklaşga muvaffaq bölgan.

Ukraina qurolli kuçlarining qarşi zarbalari geografiyasi e’tiborga molik – şaharning ğarbiy (Kotlino, Udaçne, Novosergiyivka, Uspenovka hududida) va şarqiy (Vozdvijyenka va Vodyanoye Vtoroye hududida) qanot çiziqlari böylab, şuningdek, janubda – Daçanskoye va Şevçenko qişloqlari hududida.

«5 mart kuni e’lon qilingan geolokatsiya kadrlari Rossiya qöşinlari Şevçenko şarqida (Pokrovskdan janubda) Ukraina zirhli maşinalariga zarba berayotganini körsatmoqda, bu esa Ukraina kuçlari yaqinda bu hududda oldinga siljiganini körsatadi», – deb yozadi ISW.

Ukraina qöşinlari yana bir qarşi zarbani Toretskda berdi. Töliğiça Rossiya armiyasi nazoratiga ötgandek köringan şahar yana jang maydoniga aylandi – Ukraina bölinmalari şaharga yorib kirgani va deyarli Toretsk markazida otişmalar bölgani xabar qilingan.