Uçraşuvda davlat rahbari tomonidan jamiyat va davlat organlari oldida turgan ustuvor vazifalarga doir muhim mujdalar berildi, qator muhim taşabbus va takliflar ilgari surildi. Ulardan biri – barça davlat xizmatlari tuman kesimida baholanadigan tizim yölga qöyilişi böldi.
Mazkur taklif davlat xizmatlarining şaffofligi va samaradorligini ta’minlaşga qaratilgan muhim yangilikdir. Xöş, u oddiy fuqarolarimizga nima beradi va uning ahamiyati nimada? Bu borada qöyidagilarni qayd etiş mumkin.
Birinçidan, aholi özlari olgan davlat xizmatlarini baholaş imkoniga ega böladi. Ya’ni, odamlar qaysidir davlat xizmatidan qoniqmadimi, tabiiyki, öşa sohada işlar, xizmat sifati yaxşi emas. Bu öşa “yomon” deb topilgan davlat idora va taşkilotlari rahbarlariga öziga xos közgu vazifasini ötaydi: u rahbarlik qiladigan sohadan aholi qoniqmayotganini, demakki, tegişli çoralar körib, xizmatlar sifatini yaxşilaş zarurligini anglatadi.
Ikkinçidan, bugun tuman va şaharlarda odamlar eng köp murojaat qiladigan masalalar – suv, gaz, elektrga ulaniş, subsidiyalar, pensiya va moddiy yordam oliş bilan boğliqligi köpçilikka ayon. Bu jarayonda turli idoralarga qatnab, sarson böliş esa fuqarolar uçun muammo bölib kelgan, va hozir ham bunday noqulayliklar kuzatiladi. Prezident taklifiga köra, endilikda bularning barçasi onlayn tarzda hal etiladigan tizim orqali yölga qöyiladi. Ya’ni odamlar kutmaydi, sarson bölmaydi, hujjat orttirib, idorama-idora yurişga majbur bölmaydi.
Uçinçidan, bu özgarişlarning ahamiyati şundaki, ular davlat xizmatlarini odamlar uçun yanada qulay, oson va şaffof qilişga qaratilgan. Fuqarolarga xizmat qiluvçi idoralar endi nafaqat qonunlar, balki haqiqiy ijtimoiy baholar asosida ham baholanadi. Bu tizim işga tuşişi bilan byurokratiya va közböyamaçilikka barham berişga qaratilgan aniq mexanizm yaratiladi. Boşqaça aytganda, aholiga xizmat qilişi kerak bölgan idoralar, aksinça, aholini ovora qilişi mumkin emasligini anglatadi.
Mazkur yangilik xalqaro tajribada keng kuzatilayotgan jarayonlar bilan uyğundir. Bunday tajriba Janubiy Koreya, Fransiya, Niderlandiya, Yaponiya, AQŞ, Buyuk Britaniya, Finlyandiya va boşqa köplab davlatlarda kuzatiladi.
Davlat xizmatlari sifatini baholaş tizimining joriy qilinişi quyidagilar bilan ahamiyatli:
– davlat xizmatlari şaffofligi va xolisligini ta’minlaydi;
– aholining davlatga bölgan işonçini yanada mustahkamlaydi;








