2018 yildan boşlab Antarktika ustidagi hududda ozon qatlami asta-sekin tiklanmoqda. Massaçusets texnologiya instituti olimi Van Peydun rahbarligidagi tadqiqotçilar guruhi öz izlanişlari natijalarini Nature jurnalida e’lon qildi.

“Barmoq izi” usuli tufayli olimlar kuzatuv jarayonlarini takomillaştirib, ozon qatlamining qayta tiklanişi haqidagi ma’lumotlarni tabiiy özgarişlardan ajratib olişga muvaffaq böldi.

Ular öz tadqiqotlarida maxsus MLS (Microwave Limb Sounder) va OMI (Ozone Monitoring Instrument) asboblaridan olingan sun’iy yöldoş ma’lumotlaridan foydalandi. Uşbu uskunalar 2004 yildan buyon turli balandlikdagi ozon miqdorining kundalik özgarişlarini kuzatişga yordam bermoqda.

Tadqiqotlar körsatişiça, Antarktika ustidagi ozon qatlami konsentratsiyasi 2005 yildan boşlab ortgan, biroq 2018 yilga kelib vaziyat yaxşilanişni boşlagan.

“Barmoq izi” usuli ozon qatlamining tiklanişiga töğri ekologik siyosat katta hissa qöşganini tasdiqladi. Uşbu siyosat Monreal protokoli talablariga muvofiq ozonni yemiruvçi moddalardan ommaviy voz keçişni nazarda tutadi.