Oliy sud 2024 yil davomida birinçi instansiya sudlari tomonidan jinoyat işlarining körib çiqilişiga doir statistikani oçiqladi.

Ma’lumotlarga köra, jinoyat sudlarida körilayotgan işlar va qatnaşçilar soni yildan yilga oşib bormoqda.

Xususan, 2020 yilda 30 282 ta jinoyat işi körilgan va unda 38 mingdan ortiq şaxs qatnaşgan. 2024 yil sudlarda körilgan jinoiy işlar soni esa 61 mingdan oşgan, ularda qariyb 78 ming kişi qatnaşgan.

2024 yilda hududlar miqyosida Toşkent şahri, Farğona va Toşkent viloyatlarida eng köp jinoyat işlari körilgan. Bu 3 ta hudud jinoyatçilik kölami böyiça boşqalardan yaqqol ajralib turibdi, oldingi 5 yilda ham jinoyatçilik böyiça “peşqadam” bölgan. Şu turdagi eng kam işlar esa Xorazm, Sirdaryo va Navoiy viloyatlari JIB sudlarida körilgan (aholi soni eng kam hududlar).

Şaxslarning sudlanganlik holati – jazo tayinlanib hukm çiqarilgan hamda şartli hukm qilingan şaxslar soni 2020 yildan buyon 2,2 barobarga – 28 ming kişidan 61 minggaça oşgan. Oqlanganlar dinamikasi esa 2023 yilgaça oşib borgan – 1244 kişi. 2024 yilda esa kamaygan – 723 kişiga oqlov hukmi çiqarilgan.

2024 yilda JIB birinçi instansiya sudlarida körilgan işlarning 5 foizi öta oğir, 29 foizi oğir jinoyatlardir. Qolgan 66 foiz işlar esa ijtimoiy xavfi katta bölmagan va unça oğir bölmagan jinoyatlar toifasiga kiradi.

Oliy sud keltirgan statistikaga köra, sönggi 5 yillikda öta oğir va oğir turdagi jinoyatlar soni oşib bormoqda.

Masalan, odam öldiriş bilan boğliq jinoyatlar soni 2023 yilda 358 tadan 2024 yilda 402 taga oşgan. Nomusga tegiş jinoyati 2023 yilda 234 tadan 2024 yilda 272 taga oşgan.