Toşkent tumanlararo iqtisodiy sudi Yakkasaroy tumani Yusuf Xos Hojib köçasi, 28-uy manzilida olib borilayotgan quriliş işlarini töxtatdi. 

Da’vo arizasi Özbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantiriş jamğarmasi taşabbusi bilan Madaniy meros agentligi tomonidan Özbekiston amaliy san’at muzeyiga tahdid solayotgan qonunbuzarliklar sababli kiritildi.

Muzey muhim madaniy meros obekti va Toşkent modernizmining diqqatga molik namunasi hisoblanadi. Şu singari maskanlarni muhofaza qiliş nafaqat tarixni, balki şaharning me’moriy qiyofasini saqlab qoliş uçun ham muhim ekani ta’kidlandi.