Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hafta davomida harorat ko‘tarilishi kutilmoqda
O‘zbekistonda hafta davomida iliq va asosan quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Harorat kechalari +4…+9, kunduz kunlari +17…+22 daraja atrofida bo‘ladi. Tog‘li hududlarda 11–12 mart kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir, qor yog‘ishi mumkin.
Foto: Kun.uz
11–14 mart kunlari O‘zbekiston bo‘yicha iliq va asosan quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, deya xabar berdi «O‘zgidromet» agentligi.
Faqat Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida dushanbaning ikkinchi yarmida va seshanba kuni Surxondaryo viloyatida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi.
Havo harorati asosan kechalari +4…+9 daraja, kunduzlari +17…+20 daraja, ba’zi joylarda +22 darajagacha bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida 11–12 mart kunlari vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, 13–14 mart kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Toshkent shahrida hafta oxirigacha yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shamol sharqdan birozdan o‘rtacha tezlikkacha esadi. Harorat kechalari +6…+9 daraja, kunduzlari +17…+20 darajagacha bo‘ladi.
Mavzuga oid
09:59 / 23.12.2025
O‘zgidromet: inversiya jarayonlari faollashib, havo sifati yomonlashishi mumkin
14:58 / 22.12.2025
Hafta davomida havo biroz isishi, ayrim hududlarda yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda
19:05 / 21.12.2025
O‘zgidromet 22 dekabr uchun ob-havo prognozini e’lon qildi
12:09 / 19.12.2025