X mikrobloglar xizmati 10 mart, duşanba kuni katta uzilişga duç keldi. «Bu X'ga qarşi ommaviy kiberhujum edi (va şundaydir). Bizga har kuni hujum qilinmoqda, ammo bu katta resurslar bilan taşkil etilgan», — deya izoh berdi X egasi Ilon Mask vaziyatga.

Amerikalik milliarder hujum ortida «katta muvofiqlaştirilgan guruh yoki davlat» turganini taxmin qildi. Keyinroq Mask Fox Business kanaliga bergan intervyusida kiberhujum Ukrainada joylaşgan IP manzillardan amalga oşirilganini aytdi.

X'da foydalanuvçilardan biri ommaviy uziliş Ilon Maskning Hukumat samaradorligi böyiça departamentiga (DOGE) qarşi ommaviy norozilik va Tesla dökonlariga hujumlar bilan boğliqligini aytdi, ammo heç qanday dalil keltirmadi. Şu bilan birga, avvalroq AQŞ, Ukraina, BAA va Isroildagi veb-saytlar va taşkilotlarga bir neça bor hujum qilgan Falastin tarafdori bölgan Dark Storm Team hakerlar guruhi allaqaçon X ijtimoiy tarmoğining işdan çiqişi uçun javobgarlikni öz zimmasiga olgan.

Downdetector.com ma’lumotlariga köra, X işida uzilişning eng yuqori nuqtasi Markaziy Yevropa vaqti bilan soat 15:00 da sodir bölgan. Ayni paytda xizmatning 40 000 ga yaqin foydalanuvçilari sayt va X ilovasiga kira olmayotganliklari yoki kontentni yuklaşda muammolarga duç kelayotganliklari haqida şikoyat qilişgan.