Özbekiston elçisi Farrux Tursunov Andorra hamraisi, Fransiya prezidenti Emmanuel Makronga işonç yorliqlarini topşirdi. Elçi qarorgohi Madridda joylaşgan.

Fransiya yetakçisi Özbekiston bilan ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlaş muhim vazifa ekanini alohida ta’kidlab, elçining professional diplomatik mahorati mamlakatlarimiz örtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirişga katta hissa qöşişiga işonç bildirdi.

«Biz Özbekiston bilan döstona aloqalarni mustahkamlaşga katta ahamiyat qaratamiz va barça sohalarda hamkorlikni yanada kengaytirişga tayyormiz», dedi Makron.

Özbekiston va Andorra örtasidagi diplomatik munosabatlar 2009 yil 1 dekabrda örnatilgan.

Eslatib ötamiz, Farrux Tursunov Özbekistonning Ispaniyadagi favqulodda va muxtor elçisi sifatida 2023 yil 7 dekabr kuni Madridda iş boşlagan. Diplomat 2024 yil 9 aprelda Özbekiston elçisi sifatida Ispaniya qiroli Filipp VI ga işonç yorliqlarini topşirgan.

Şuningdek, Farrux Tursunov mamlakatimizning «BMT Turizm» taşkilotidagi (avvalgi Butunjahon turizm taşkiloti) doimiy vakili hisoblanadi.