AQŞ prezidenti Donald Tramp prezidentligining dastlabki yetti haftasida dunyoning eng boy odamlaridan 5 nafari jami 209 milliard dollar yöqotdi. Bu haqda Bloomberg Billionaires Index (BBI) ma’lumotlaridan oydinlaşmoqda.
20 yanvar kuni Trampning inauguratsiya marosimida sayyoraning eng badavlat odamlari – Ilon Mask, Jyeff Bezos, Mark Tsukerberg iştirok etdi. Öşa paytda fond bozorlarining tez ösişi tufayli ularning boyligi rekord darajaga yetgan edi. Biroq Trampning ikkinçi muddati boşlanişi bilan vaziyat keskin özgardi.
Trampning yaqin hamkori Tesla boş direktori Ilon Mask eng katta yöqotişlarga uçradi, uning boyligi 148 milliard dollarga kamaydi. Kompaniyaning Germaniyadagi savdosi 70 foizga, Xitoyda esa 49 foizga pasaydi. Amazon asosçisi Jyeff Bezos Trampning inauguratsiya fondiga 1 million dollar xayriya qilganiga qaramay, 29 milliard dollarga tuşdi. Google asosçisi Sergey Brin 22 milliard dollar yöqotgan bölsa, Meta boş direktori Mark Tsukerberg va LVMH egasi Bernar Arno har biri 5 milliard dollar yöqotdi.
Yöqotişlar fond bozori qulaşi fonida yuz berdi, Tramp lavozimga kelganidan beri S&P 500 6,4 foizga tuşib ketdi va bozor qiymati 1,39 trillion dollarni yöqotdi.








