Ukraina uçuvçisiz uçoqlari 11 mart, seşanbaga ötar keçasi Rossiya Federatsiyasining bir qança hududlariga yirik hujum uyuştirdi.
Moskvada havo hujumidan mudofaa kuçlari 69 ta dronni urib tuşirdi, dron qoldiqlari Domodedovskaya köçasidagi bino tomiga kiçik zarar yetkazdi, dedi Rossiya poytaxti meri Sergey Sobyanin. Mash Telegram-kanali xabariga köra, binoning yuqori qavatlari şikastlangan — zarba tölqini bir neçta derazalarni sindirib taşlagan. Şuningdek, dronlarning Moskva yaqinidagi Vidnoye va Ramenskoyedagi turar joy binolariga urilgani haqida xabarlar bor. Taxminlarga köra, hujum "Lyutyy" tipidagi uçuvçisiz uçoq tomonidan amalga oşirilgan, deb yozadi Mash.
Moskva oblasti gubernatori Andrey Vorobev uç kişining ölimi haqida ma’lum qildi. «Kolomna, Zaraysk, Serebryanniye Prudi, Serpuxov, Ramenskoye, Voskresensk, Luxovitsi, Bronnitsi, Domodedovo, Leninskoye, Podolsk, Elektrostal va Kotelnikidan uçuvçisiz uçoqlar haqida xabarlar kelib tuşdi», — dedi Vorobev.
UUA bölaklari Domodedovo temiryöl stansiyasi hududiga tuşib, yölning bir qismiga zarar yetkazdi. Domodedovo rahbari Yevgeniya Xrustaleva Domodedovo vokzalidan Moskva va mintaqa tomon poyezdlar harakati töxtatilganini ma’lum qildi.
«Kover» rejasi Vnukovo, Jukovskiy va Domodedovo aeroportlarida joriy etildi. Keyinroq Rosaviatsiya Nijniy Novgoroddagi Strigino aeroportida çeklovlar kiritilgani haqida xabar berdi. Lipetsk, Bryansk va Belgorod oblastlarida ham havo hujumidan mudofaa tizimlarining işlaşi qayd etilgan.
Mintaqa rahbari Pavel Malkov özining Telegram-kanalida Ryazan oblasti osmonida dronlarning yöq qilingani haqida xabar berdi. Uning sözlariga köra, qurbonlar va infratuzilmaga zarar yetmagan. ASTRA Telegram-kanali guvohlarga tayanib, Ukraina qurolli kuçlarining Ryazan oblastidagi nişoni "Dyagilevo" harbiy aerodromi bölişi mumkinligi haqida yozmoqda.
Avvalroq Kursk oblasti aholisi ijtimoiy tarmoqlarda UUA hujumi tufayli kamida beşta portlaş sodir bölgani haqida xabar bergan edi. Mintaqa gubernatori vazifasini bajaruvçi Aleksandr Xinşteyn 10 mart kuni keçqurun Belovskiy rayoni Belaya posyolkasidagi «Dobrynya» savdo markaziga raketa zarbasi berilgani haqida xabar qildi. Zarba natijasida tört kişi halok böldi, yana töqqiz kişi turli darajadagi oğirlikdagi jarohatlar oldi. Ukraina tomoni savdo markaziga qilingan hujumga izoh bermadi.









